
Mantiqiy iqtisodiyot.
Mantiqiy iqtisodiyot — EFI faoliyati boshlangan nuqta bo‘lib, u bugungi kunda ham qilayotgan ishlarimizni shakllantirishda davom etmoqda.
Ushbu kitob dastlab yetakchi iqtisodchilar tomonidan yozilgan bo‘lib, EFI tomonidan mintaqaviy versiyalalrga moslashtirilgan, 14 ta tilga tarjima qilingan va 13 mamlakatda qo‘llanilib kelmoqda. U bosma, EPUB va PDF formatlarida mavjud bo‘lib, iqtisodiyotning asosiy g‘oyalarini aniq izohlar va mahalliy kontekstga mos misollar orqali taqdim etadi.
U rag‘batlar, savdo va qaror qabul qilish kabi asosiy tamoyillarni hayotga oson tadbiq qilinadigan misollar orqali ko‘rsatib beradi. Bu esa iqtisodiyot qanday amal qilishini hamda kundalik tanlovlar qanday imkoniyatlar yaratishini talabalar, o‘qituvchilar va jamoalarga yoritib berishga yordam beradi.
Garchi kitob zamin yaratgan bo‘lsa-da, EFI faoliyati qamrovi kengayib bormoqa. Biz talabni qondirish va ta’sir doiramizni oshirish uchun dasturlarimiz va resurslarimizni rivojlantirishda davom etmoqdamiz.




