﻿WEBVTT

00:00:00.000 --> 00:00:02.580
[quvnoq musiqa sadosi]

00:00:03.830 --> 00:00:06.580
Iqtisodiy lug'at

00:00:07.970 --> 00:00:12.870
Tekinxo'rlik muammosi nima?

00:00:13.710 --> 00:00:16.200
– «Tekinxo'rlik muammosi» nima?

00:00:16.200 --> 00:00:18.900
Hammamizga tanish bo'lgan misolni olaylik.

00:00:18.900 --> 00:00:20.640
Deylik, sinf vazifasi berilgan.

00:00:20.640 --> 00:00:24.030
Doim shunaqa bir talaba chiqadiki,
o'zi birorta ish bajarmay,

00:00:24.030 --> 00:00:25.950
sizdek baho oladi.

00:00:25.950 --> 00:00:28.200
Ushbu holatga «tekinxo'rlik muammosi» deyiladi.

00:00:28.200 --> 00:00:31.320
Bu tushunchadan mahsulot yoki
xizmat harajatini to'lamay,

00:00:31.320 --> 00:00:34.500
uning manfaatini oladigan
holatni izohlashda foydalaniladi.

00:00:34.500 --> 00:00:36.630
Misolimiz e'tiborga arzigulikka o'xshamaydi,

00:00:36.630 --> 00:00:39.690
keling, jiddiyroq misol olaylik:
asteroiddan himoya,

00:00:39.690 --> 00:00:42.090
ya'ni, Yerimizni asteroiddan
himoya qilish.

00:00:42.090 --> 00:00:45.740
Asteroidning Yer shariga urilishining
ehtimoli kichik bo'lsa ham,

00:00:45.740 --> 00:00:47.740
uning oqibati halokatli bo'lishi mumkin.

00:00:47.740 --> 00:00:50.340
Shu sababli, asteroid himoyasi uchun
siz pul to'lar edingizmi?

00:00:50.340 --> 00:00:51.900
Keling, batafsil o'ylab ko'raylik.

00:00:51.900 --> 00:00:54.030
Birinchidan, asteroid himoyasi

00:00:54.030 --> 00:00:55.560
butun Yer sharini himoya qiladi,

00:00:55.560 --> 00:00:57.750
demak, aynan siz
pul to'lamasangiz ham,

00:00:57.750 --> 00:00:59.460
baribir himoyalangan bo'lasiz.

00:00:59.460 --> 00:01:01.590
Ikkinchidan, sizning to'lovingiz

00:01:01.590 --> 00:01:04.600
himoyaning muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz

00:01:04.600 --> 00:01:06.360
bo'lishini belgilamasa kerak.

00:01:06.360 --> 00:01:08.010
Ushbu ikki dalilga asosan,

00:01:08.010 --> 00:01:10.740
sizda to'lash uchun
rag'bat bo'lmaydi.

00:01:10.740 --> 00:01:13.860
Oqibatda faqat ikki vaziyat
yuzaga kelishi mumkin.

00:01:13.860 --> 00:01:17.220
Yoki to'lovchi boshqa odamlar soni
yetarli bo'ladi va siz himoyalanasiz,

00:01:17.220 --> 00:01:19.770
yoki to'lovchi boshqa odamlar
soni kam bo'lib,

00:01:19.770 --> 00:01:21.780
siz himoyalanmaysiz.

00:01:21.780 --> 00:01:25.470
Ikkala holatda ham sizning
to'lash yoki to'lamasliginsiz

00:01:25.470 --> 00:01:27.540
sizda himoya borligini belgilamaydi.

00:01:27.540 --> 00:01:29.820
Bu esa tekinxo'rlikni rag'batlantiradi –

00:01:29.820 --> 00:01:33.030
haqini to'lamasdan himoyaga ega bo'lish.

00:01:33.030 --> 00:01:34.860
Ammo juda ko'p odam tekinxo'rlik qilsa,

00:01:34.860 --> 00:01:37.440
unda asteroid himoyasiga mablag' yetmaydi,

00:01:37.440 --> 00:01:41.130
hech kim himoya olmaydi va
bozor muvaffaqiyatsizligi yuzaga keladi.

00:01:41.130 --> 00:01:42.930
Muayyan turdagi mahsulot va xizmatlar

00:01:42.930 --> 00:01:44.970
tekinxo'rlik muammosiga sabab bo'ladi.

00:01:44.970 --> 00:01:47.820
Biz ularni «jamoat mollari» deb ataymiz.

00:01:49.700 --> 00:01:51.000
[quvnoq musiqa sadosi]

00:01:51.000 --> 00:01:54.340
Jamoat mollari to'g'risida ko'proq o'rganishni
istasangiz, quyidagi linkka bosing.

00:01:54.340 --> 00:01:57.060
Yoki tekinxo'rlik muammosi bo'yicha
bilimingizni sinamoqchi bo'lsangiz,

00:01:57.060 --> 00:01:57.930
ushbu linkka bosing.

00:01:57.930 --> 00:02:00.510
[quvnoq musiqa sadosi]

00:02:01.560 --> 00:02:02.640
Yana davomi kerakmi?

00:02:02.640 --> 00:02:06.920
Boshqa qiziqarli videolar uchun
Marginal Revolution University websaytiga tashrif buyuring.

00:02:06.920 --> 00:02:10.840
[quvnoq musiqa sadosi]
