﻿WEBVTT

00:00:00.360 --> 00:00:02.670
– YIM yoki yalpi ichi mahsulot –

00:00:02.670 --> 00:00:06.480
bu mamlakatda bir yil ichida
ishlab chiqarilgan yakuniy

00:00:06.480 --> 00:00:09.930
tovar va xizmatlarning
jami bozor qiymatining o'lchovi.

00:00:09.930 --> 00:00:11.430
Bu iqtisodchilarning

00:00:11.430 --> 00:00:14.880
iqtisodiyot o'lchamining
eng oddiy ko'rsatkichidir.

00:00:14.880 --> 00:00:16.440
Yakuniy tovar bu yana boshqa

00:00:16.440 --> 00:00:19.650
tovar ishlab chiqarish uchun
foydalanilmaydigan tovardir.

00:00:19.650 --> 00:00:21.420
Masalan, mashinaga qo'yilgan motor

00:00:21.420 --> 00:00:24.450
YIM hisobiga qo'shilmaydi,

00:00:24.450 --> 00:00:26.580
YIM hisobiga faqat mashina
qiymati qo'shiladi.

00:00:26.580 --> 00:00:29.990
Shu ravishda zamonaviy mahsulotlarning
ming xil komponentlari qiymati

00:00:29.990 --> 00:00:32.490
qayta-qayta hisoblanishinging
oldi olinadi.

00:00:32.490 --> 00:00:33.810
Shuni ta'kidlash zarurki,

00:00:33.810 --> 00:00:35.550
agar motor ishlab chiqarilib,

00:00:35.550 --> 00:00:37.980
keyin u iste'molchiga
mashinasi motorini

00:00:37.980 --> 00:00:40.120
almashtirish uchun sotilgan bo'lsa,

00:00:40.120 --> 00:00:42.930
unda motor YIM ko'rtsatkichi
hisobiga qo'shiladi,

00:00:42.930 --> 00:00:46.260
chunki bunda u yakuniy
tovar hisoblanadi.

00:00:46.260 --> 00:00:47.560
YIMni hisoblashda

00:00:47.560 --> 00:00:51.040
iqtisodchilar ko'pincha quyidagi
formuladan foydalanadi:

00:00:51.040 --> 00:00:53.970
iste'molchi xarajati + davlat xarajati +
investitsiyalar +

00:00:53.970 --> 00:00:55.890
eksportlar – importlar.

00:00:55.890 --> 00:00:57.300
Yuqoridagilarning yig'indisi

00:00:57.300 --> 00:01:00.630
mamlakatning jami mahsulotini
yoki YIMni o'lchaydi.

00:01:00.630 --> 00:01:01.830
Shoshmang, nima uchun

00:01:01.830 --> 00:01:04.650
mamlakatda ishlab chiqarilgan
mahsulotni hisoblash uchun

00:01:04.650 --> 00:01:07.250
iste'mol yoki investitsiya qo'shiladi?

00:01:07.250 --> 00:01:09.710
Undan ko'ra, e'tiborni
mamlakatdagi zavodlar va

00:01:09.710 --> 00:01:13.430
xizmat ko'rsatuvchilarga qaratish
ko'proq mantiqqa to'g'ri kelmaydimi?

00:01:13.430 --> 00:01:17.130
To'g'ri, shunday qilish mumkin,
ammo mamlakatdagi

00:01:17.130 --> 00:01:19.860
har bir zavodning ishlab
chiqarish liniyasini yoki

00:01:19.860 --> 00:01:22.930
har bir xizmat ko'rsatuvchini
nazorat qilish uchun

00:01:22.930 --> 00:01:26.220
millionlab iqtisodchilarni
jalplash muammoli.

00:01:26.220 --> 00:01:29.460
Ammo, iste'molchi ma'lumotini
yig'ish ancha oson

00:01:29.460 --> 00:01:32.940
va, nazariy jihatdan,
bir xil natija berishi kerak.

00:01:32.940 --> 00:01:34.890
Sababi shuki, har bir
ishlab chiqarilgan

00:01:34.890 --> 00:01:36.600
mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmat

00:01:36.600 --> 00:01:39.090
ushbu kategoriyalarning
biriga kiradi.

00:01:39.090 --> 00:01:41.700
Deylik, zavod qadoqlangan suv
ishlab chiqaradi.

00:01:41.700 --> 00:01:43.920
Zavod suvni iste'molchiga
sotishi mumkin,

00:01:43.920 --> 00:01:45.300
davlatga sotishi mumkin,

00:01:45.300 --> 00:01:48.570
chet elga eksport qilishi mumkin,
yoki  o'zida saqlashi mumkin,

00:01:48.570 --> 00:01:52.320
bunda shu qadoqlangan suv
zaxiraga investitsiya hisoblanadi.

00:01:52.320 --> 00:01:54.120
Importni ayirib tashlash muhim,

00:01:54.120 --> 00:01:57.270
chunki, masalan, televizor
Yaponiyadan import qilinib,

00:01:57.270 --> 00:01:59.970
Avstraliyada sotilsa,
u Avstraliya YIMning

00:01:59.970 --> 00:02:02.380
iste'molchi xarajati
qismiga qo'shiladi,

00:02:02.380 --> 00:02:05.160
bu esa iqtisodchilarga
Avstraliya ishlab chiqargan

00:02:05.160 --> 00:02:07.830
yillik qiymat to'g'risida
noto'g'ri ma'lumot beradi.

00:02:07.830 --> 00:02:10.740
Demak, import qiymatini ayirganda

00:02:10.740 --> 00:02:13.050
bu muammo o'zidan-o'zi
hal bo'ladi.

00:02:13.050 --> 00:02:16.140
Shunga qaramay, YIMni hisoblash

00:02:16.140 --> 00:02:18.730
katta vazifadir va savdo,
soliqlar, eksport hisoblari

00:02:18.730 --> 00:02:21.450
va davlat byudjeti hisoblari
to'g'risidagi ma'lumotlarni

00:02:21.450 --> 00:02:23.460
to'plashni talab qiladi.

00:02:23.460 --> 00:02:25.810
Ba'zida ma'lumotlarni turlicha talqin

00:02:25.810 --> 00:02:27.690
qilish mumkin, shuning uchun

00:02:27.690 --> 00:02:30.330
turli tashkilotlarning YIM hisobi

00:02:30.330 --> 00:02:32.280
ozroq farq qilishi mumkin.

00:02:32.280 --> 00:02:33.420
Shu sababli, davlatlararo

00:02:33.420 --> 00:02:35.640
iqtisodiyotlari
o'lchami taqqoslaganda,

00:02:35.640 --> 00:02:37.890
bitta manba ma'lumotidan
foydalanish muhim.

00:02:37.890 --> 00:02:40.170
Iqtisodchilarning aksariyati
Jahon Banki va

00:02:40.170 --> 00:02:42.540
Xalqaro valyuta fondi
ma'lumotidan foydalanadi.

00:02:42.540 --> 00:02:46.530
Siz yalpi milliy mahsulot
to'g'risida ham eshitgandirsiz,

00:02:46.530 --> 00:02:50.370
YMM va YIM juda o'xshash
ko'rsatkichlar bo'lsa ham,

00:02:50.370 --> 00:02:52.290
ular aynan bir xil emas.

00:02:52.290 --> 00:02:55.050
YMM iqtisodiyotning
jami mahsulotini, jumladan,

00:02:55.050 --> 00:02:59.430
chet elda ishlab chiqarilgan
jami mahsulotni ham o'lchaydi.

00:02:59.430 --> 00:03:02.790
Masalan, agar Amerika
kompaniyasining Germaniyada

00:03:02.790 --> 00:03:05.340
avtomashina zavodi bo'lsa,
o'sha zavodda

00:03:05.340 --> 00:03:09.270
ishlab chiqarilgan avtomashinalar
Amerika YIM hisobiga qo'shilmaydi,

00:03:09.270 --> 00:03:11.530
lekin ular YMM qismi hisoblanadi.

00:03:11.530 --> 00:03:14.360
YMMni hisoblash uchun
uncha ko'p foydalanilmaydigan,

00:03:14.360 --> 00:03:15.930
lekin qulay usul quyidagidir:

00:03:15.930 --> 00:03:19.260
YIMga chet el valyuta kirimini qo'shib,

00:03:19.260 --> 00:03:22.060
chet el valyuta chiqimi ayriladi.

00:03:22.060 --> 00:03:25.210
Iqtisodchilar ko'satkichning o'zi
ko'p narsa bildirmaydi,

00:03:25.210 --> 00:03:28.590
katta YIM mamlakatda
hayot tarzi yaxshi,

00:03:28.590 --> 00:03:30.330
yoki u yerda biznes yuritish yaxshi,

00:03:30.330 --> 00:03:33.550
yoki iqtisodiyot siyosati
yaxshi olib borilyapti degani emas,

00:03:33.550 --> 00:03:35.010
deb darhol aytishadi.

00:03:35.010 --> 00:03:37.230
Aholi soni katta
bo'lgan mamlakatlarda,

00:03:37.230 --> 00:03:39.480
boshqa o'zgaruvchilar
teng bo'lgan holda,

00:03:39.480 --> 00:03:41.340
YIM ham tabiiy ravishda
katta bo'ladi.

00:03:41.340 --> 00:03:45.120
Bu holda jon boshiga YIM
ko'rsatkichi o'rinliroq.

00:03:45.120 --> 00:03:49.740
Uni hisoblash uchun
YIM aholi soniga bo'linadi.

00:03:49.740 --> 00:03:53.370
Yana bir muhim ko'rsatkich –
bu real YIM.

00:03:53.370 --> 00:03:57.900
Real YIM bu shunchaki inflyatsiyaga
moslashtirilgan YIMdir.

00:03:57.900 --> 00:04:02.430
Agar YIM yillik o'sishi 3% bo'lib,
lekin inflyatsiya ham 3% bo'lsa,

00:04:02.430 --> 00:04:05.250
unda iqtisodiyot
o'sayotgan bo'lmaydi.

00:04:05.250 --> 00:04:08.080
U bir xil miqdorgadi mahsulot
ishlab chiqaryapti,

00:04:08.080 --> 00:04:10.350
faqat o'sha mahsulot
3%ga qimmatroq.

00:04:10.350 --> 00:04:13.720
Iqtisodiyotlarni uzoq davr
davomida taqqoslaganda

00:04:13.720 --> 00:04:16.410
real YIMdan foydalanish
juda muhimdir.

00:04:16.410 --> 00:04:18.460
Bundan tashqari,
bir miqdordagi pul

00:04:18.460 --> 00:04:21.840
turli mamlakatda turli miqdordagi
mahsulotni sotib oladi.

00:04:21.840 --> 00:04:23.520
10 000 dollar Filippinda

00:04:23.520 --> 00:04:27.330
Shveytsariyaga nisbatan
ancha ko'p narsaga yetadi.

00:04:27.330 --> 00:04:29.250
Shuning uchun iqtisodchilar ba'zida

00:04:29.250 --> 00:04:31.950
xarid qobiiyati pariteti
ko'rsatkichidan foydalanadi.

00:04:31.950 --> 00:04:34.290
U YIM hisobini turli mamlakatdagi

00:04:34.290 --> 00:04:38.450
o'xshash iste'molchi savatining narxiga qarab
kamaytiradi yoki oshiradi.

00:04:38.460 --> 00:04:40.990
Iqtisodchilar ushbu ko'rsatkich
uchun odatda

00:04:40.990 --> 00:04:42.970
Qo'shma Shatlarini
asos qilishadi, ya'ni

00:04:42.990 --> 00:04:44.970
boshqa davlatlar iste'molchi savati

00:04:44.970 --> 00:04:47.490
bir xil AQSH
iste'mochi savatiga taqqoslanadi.

00:04:47.490 --> 00:04:49.280
Agar ularning iste'molchi savati

00:04:49.280 --> 00:04:51.700
Amerikanikidan ko'ra qimmatroq bo'lsa,

00:04:51.700 --> 00:04:54.690
ularning YIMi nisbiy
miqdorda kamaytiriladi.

00:04:54.690 --> 00:04:58.300
Agar ularning iste'molchi savati
Amerikanikidan arzonroq bo'lsa,

00:04:58.300 --> 00:04:59.370
YIM ko'paytiriladi.

00:04:59.370 --> 00:05:02.880
Xitoyda tovarlar Amerikaga
nisbatan ancha arzon

00:05:02.880 --> 00:05:05.910
shu sababli u xarid qobiliyatiga
qarab moslashtirilganda,

00:05:05.910 --> 00:05:09.090
Xitoy iqtisodiyoti o'lchami oshadi.

00:05:09.090 --> 00:05:11.550
Big Mac indeksi
to'g'risida eshitgandirsiz,

00:05:11.550 --> 00:05:15.540
u xarid qobiliyati pariteti indeksining
soddalashtirilgan turi.

00:05:15.540 --> 00:05:18.570
Ammo xalqaro tashkilotlar o'z
ko'rsatkichlarini hisoblashda

00:05:18.570 --> 00:05:21.540
bittadan ko'p mahsulotni
inobatga oladilar.

00:05:21.540 --> 00:05:25.410
Xarid qobiliyati pariteti juda qulay
foydalanish vositadir

00:05:25.410 --> 00:05:28.710
ammo undan foydalanganda
juda e'tiborli bo'lish kerak.

00:05:28.710 --> 00:05:32.040
Ichki iqdisodiy siyosat tahlili
uchun u juda qulay,

00:05:32.040 --> 00:05:34.410
ammo xarid qobiliyati
pariteti ma'lumotidan

00:05:34.410 --> 00:05:38.620
xalqaro savdo yoki xalqaro moliyaviy
ta'sir kabilar uchun foydalansangiz,

00:05:38.620 --> 00:05:40.800
o'zingizni behuda chalkashtirasiz,

00:05:40.800 --> 00:05:42.520
chunki dollar bu dollardir,

00:05:42.520 --> 00:05:45.570
ya'ni mamlakatda iste'mol tovarlari
arzonroq bo'lganiligi uchun

00:05:45.570 --> 00:05:47.490
importlar yoki
tashqi qarz uchun

00:05:47.490 --> 00:05:50.610
ko'proq yoki kamroq to'lanmaydi.

00:05:50.610 --> 00:05:53.940
YIM va uning barcha qo'shimchalari
to'g'risida bilish kerak bo'lgan

00:05:53.940 --> 00:05:57.060
oxirgi fikr: birgalikda ular
ko'proq ma'lumot beradi.

00:05:57.060 --> 00:06:00.650
Masalan, inflyatsiyaga moslashtirilgan
jon boshiga YIMning

00:06:00.650 --> 00:06:02.500
10 yillik o'sishini bilish uchun

00:06:02.500 --> 00:06:04.150
jon boshiga real YIMdan

00:06:04.150 --> 00:06:06.150
foydalansa bo'ladi.

00:06:06.150 --> 00:06:09.520
Inflyatsiyaga va xarid qobiliyati
paritetiga moslashtirilgan

00:06:09.520 --> 00:06:11.940
jon boshiga YIMning
oxirgi 10 yillik o'sishini

00:06:11.940 --> 00:06:14.410
bilish uchun
jon boshiga YIM PPPdan

00:06:14.410 --> 00:06:16.710
foydalanish kerak.
