WEBVTT FILE

1
00:00:00.000 --> 00:00:05.231
[musiqa sadosi]

2
00:00:05.234 --> 00:00:12.285
Qayta hisoblanyapti

3
00:00:12.334 --> 00:00:14.520
Salom, mening ismim Kurrat,

4
00:00:14.520 --> 00:00:17.264
men umrimning katta
qismini AQShda yashadim.

5
00:00:17.264 --> 00:00:20.055
Men aslida Hindistonning
Mumbay shahrida tug'ilganman.

6
00:00:20.055 --> 00:00:21.390
3 yoshligimda ota-onam

7
00:00:21.390 --> 00:00:24.791
Nyu-Yorkka ko'chib kelishga
qaror qilishadi.

8
00:00:24.791 --> 00:00:27.217
O'sha paytlar Hindistonda hayot
juda mushkul bo'lgan

9
00:00:27.217 --> 00:00:29.074
va ota-onam farzandlariga
yaxshi kelajak uchun

10
00:00:29.074 --> 00:00:30.771
imkoniyat berishni istashgan.

11
00:00:30.771 --> 00:00:32.561
Xullas, men hozir

12
00:00:32.561 --> 00:00:35.034
AQSH fuqarosiman
va AQShda ta'lim oldim.

13
00:00:35.034 --> 00:00:36.895
[musiqa sadosi]

14
00:00:36.895 --> 00:00:39.577
Keling, avval sizga Hindiston
to'g'risida bir oz aytib beray.

15
00:00:39.577 --> 00:00:42.260
[musiqa sadosi]

16
00:00:42.321 --> 00:00:44.228
U yerda juda ko'p odam yashaydi.

17
00:00:44.228 --> 00:00:47.571
U aholi soni bo'yicha jahonda
ikkinchi o'rinda turadi –

18
00:00:47.571 --> 00:00:50.965
1,2 milliard kishi.

19
00:00:50.965 --> 00:00:55.138
Bugun Hindiston jahon miqyosidagi
qudratli mamlakatga aylanyapti.

20
00:00:55.138 --> 00:00:59.755
Ammo taraqqiyotga yo'l
oson kechgani yo'q.

21
00:00:59.860 --> 00:01:03.633
Aholi soni kattaligi tufayli huddi shunday
kattalikdagi muammolar vujudga keldi.

22
00:01:03.633 --> 00:01:06.861
Millionlab bolalar endi qulay
sharoitlarda yashasa-da,

23
00:01:06.861 --> 00:01:08.861
yana millionlab bolalar hali ham

24
00:01:08.861 --> 00:01:12.481
o'ta qashshoqlikda yashaydi.

25
00:01:12.481 --> 00:01:14.481
Ammo texnologiya hayotni biz

26
00:01:14.481 --> 00:01:17.908
bir necha yillar oldin tasavvur ham
qila olmagan tarzda o'zgartiryapti.

27
00:01:17.908 --> 00:01:21.030
O'rtog'imning uyiga haydayotganimda
uyali telefonimdagi men foydalanishim

28
00:01:21.030 --> 00:01:22.776
mumkin bo'lgan GPS texnologiyasi

29
00:01:22.776 --> 00:01:25.392
Hindistonning olis qabila
jamoalarining hayotini

30
00:01:25.392 --> 00:01:28.683
butunlay o'zgartirmoqda.

31
00:01:28.683 --> 00:01:32.840
GPS, ya'ni global joylashishni
aniqlash tizimi –

32
00:01:32.840 --> 00:01:35.210
bu fazodagi 31 ta orbital
sun'iy yo'ldoshdan iborat

33
00:01:35.210 --> 00:01:39.171
sun'iy yo'ldosh
navigatsiya tizimi.

34
00:01:39.171 --> 00:01:41.265
Har bir sun'iy yo'ldosh
yuqori chastotali, kam quvvatli

35
00:01:41.265 --> 00:01:43.265
radio signal tarqatadi.

36
00:01:43.265 --> 00:01:46.304
GPS esa  sun'iy yo'ldoshlardan
signalni qabul qilib,

37
00:01:46.304 --> 00:01:48.304
hozir uning aniq qayerda ekanligini

38
00:01:48.304 --> 00:01:51.340
trilateratsiya deb nomlangan
jarayon orqali aniqlaydi.

39
00:01:51.340 --> 00:01:55.115
Trilateratsiya jarayoni masofalarni
o'lchash hamda doira, shar va

40
00:01:55.156 --> 00:01:59.092
uchburchaklar geometriyasidan
foydalanib, manzilni aniqlaydi.

41
00:01:59.092 --> 00:02:02.655
Sizdagi GPS har bir sun'iy
yo'ldoshgacha bo'lgan masofani

42
00:02:02.655 --> 00:02:04.468
radio signalni jo'natishga va
qabul qilishga

43
00:02:04.468 --> 00:02:07.610
ketgan vaqtni hisoblash orqali topadi.

44
00:02:07.610 --> 00:02:10.983
GPS dastlab AQSh harbiylari
uchun yaratilgan,

45
00:02:10.983 --> 00:02:12.508
lekin 1980 yillarda

46
00:02:12.508 --> 00:02:16.077
keng ommaga ham foydalanish
uchun taqdim etildi.

47
00:02:16.077 --> 00:02:20.131
Bugungi kunda GPSdan dunyoning
istalgan nuqtasida bemalol

48
00:02:20.131 --> 00:02:22.131
foydalanish mumkin.

49
00:02:22.131 --> 00:02:24.479
Hatto elektr energiyasi
yoki ichimlik suvi

50
00:02:24.479 --> 00:02:26.409
bilan ta'minlanmagan olis
hind qishloqlari

51
00:02:26.409 --> 00:02:28.617
yerga egalik huquqi uchun kurashda

52
00:02:28.617 --> 00:02:30.356
GPS texnologiyalaridan foydalanmoqda.

53
00:02:30.386 --> 00:02:33.706
[musiqa sadosi]

54
00:02:33.763 --> 00:02:37.106
Bu Gujarat shtati milliy
o'rmonlarida joylashgan

55
00:02:37.106 --> 00:02:40.244
Sagay qishlog'ining qabila
jamoalari haqida hikoya.

56
00:02:40.244 --> 00:02:47.619
[musiqa sadosi]

57
00:02:47.619 --> 00:02:50.378
-Qabilalar jamiyatning
asosiy qismi emas.

58
00:02:50.378 --> 00:02:52.188
Ular asrlar davomida qir va

59
00:02:52.254 --> 00:02:57.841
o'rmonlarda yashab kelishgan.

60
00:02:57.841 --> 00:03:01.850
-Buyuk Britaniya bir necha yuz
yillar davomida butun Hindistonni boshqargan

61
00:03:01.850 --> 00:03:05.093
va barcha o'rmonlar,
u yerda kim yashashidan qat'iy nazar,

62
00:03:05.093 --> 00:03:09.474
davlat mulki hisoblangan.

63
00:03:09.474 --> 00:03:13.847
1947 yilda Hindiston Britaniyadan
mustaqillikka erishdi,

64
00:03:13.847 --> 00:03:19.530
ammo o'rmon yerlari yangi
hukumat tomonidan olib qo'yildi.

65
00:03:19.530 --> 00:03:21.530
-Ularning ahvoli juda ayanchli edi,

66
00:03:21.530 --> 00:03:24.059
chunki tirikchilik qilish uchun ularda

67
00:03:24.059 --> 00:03:26.059
hech qanday qonuniy vosita yo'q edi.

68
00:03:26.059 --> 00:03:29.863
Ularning tirikchilik yo'lida
qilgan barcha faoliyatlari

69
00:03:29.863 --> 00:03:32.117
jinoyat hisoblangan.

70
00:03:32.117 --> 00:03:36.902
Ular o'z yerlarida o'g'ri
hisoblanganlar.

71
00:03:36.902 --> 00:03:39.924
-Mushkul ahvolda qolgan mahalliy
qishloq odamlari

72
00:03:39.924 --> 00:03:42.182
oilalarini boqish uchun
yerda noqonuniy ravishda

73
00:03:42.182 --> 00:03:45.447
ekin ekishni boshlaganlar.

74
00:03:45.447 --> 00:03:48.210
-Ularda yerga egalik huquqi yo'qligi
sababli, o'rmon xo'jaligi amaldorlari

75
00:03:48.210 --> 00:03:52.743
ularni haydab chiqarishga harakat
qilishgan va ba'zan

76
00:03:52.743 --> 00:03:55.589
bundan tovlamachilikda
foydalanishgan.

77
00:03:55.589 --> 00:03:58.541
Agar odamlar ularga haq to'lamasa,

78
00:03:58.541 --> 00:04:00.894
hosilni ildizi bilan sug'urib
olish uchun buldozer yoki traktor

79
00:04:00.894 --> 00:04:05.012
yuborish bilan tahdid qilishgan.

80
00:04:05.012 --> 00:04:08.258
-Qishloq aholisi yerga
ishlov berishdan qo'rqishgan.

81
00:04:08.258 --> 00:04:12.291
Quduq qazish yoki traktordan
foydalanish juda xatarli ish edi.

82
00:04:12.291 --> 00:04:15.948
Agar o'rmon xo'jaligi xodimi
tahdid qilsa yoki pora talab qilsa,

83
00:04:15.948 --> 00:04:18.847
ular yana kimga murojaat qilishni
bilishmas edi.

84
00:04:18.847 --> 00:04:20.633
2000 yillarning boshlarida

85
00:04:20.633 --> 00:04:23.817
Hindistondagi aksariyat
qabila aholisining hayoti

86
00:04:23.817 --> 00:04:28.901
Hindistonning eng qashshoq aholisi
hayotiga o'xshash bo'lgan.

87
00:04:28.901 --> 00:04:31.635
-Biz bir necha qishloqlarqa borib,

88
00:04:31.635 --> 00:04:34.512
ulardagi ahvolni ko'rdik.

89
00:04:34.512 --> 00:04:38.784
Ular ocharchilikka yaqin
ahvolda edi.

90
00:04:38.784 --> 00:04:43.024
Ularda hattoki kuniga ikki mahal
ovqatlanishga imkoniyat bo'lmagan.

91
00:04:43.024 --> 00:04:46.415
Ahvol yaxshi emas edi.

92
00:04:46.415 --> 00:04:51.317
[musiqa sadosi]

93
00:04:51.317 --> 00:04:56.086
-1991 yilda butun mamlakat
bo'ylab iqtisodiy islohotlar

94
00:04:56.086 --> 00:04:58.086
boshlanishi bilan qabila
jamoalari va ularning

95
00:04:58.086 --> 00:05:01.272
tarafdorlari uyushib, yashayotgan
yerlariga da'vogarlik va

96
00:05:01.272 --> 00:05:06.143
mulk huquqi to'g'risida
gapira boshladilar.

97
00:05:06.143 --> 00:05:11.002
2006 yilda markaziy hukumat
«O'rmon huquqlari to'g'risida»

98
00:05:11.002 --> 00:05:13.470
qonun qabul qildi,
bu esa qabila aholisiga

99
00:05:13.470 --> 00:05:17.591
o'z yerlariga egalik
qilish huquqini berdi.

100
00:05:17.591 --> 00:05:20.359
Rama Bhai oilasi bilan Gujarat shtati



101
00:05:20.359 --> 00:05:24.130
milliy o'rmonlarida joylashgan
Sagay qishlog'ida yashaydi.

102
00:05:24.130 --> 00:05:27.909
Rama — dehqon va
qishloq qabila boshlig'i.

103
00:05:28.956 --> 00:05:34.889
-2005 yilgacha foydalanishda
bo'lgan yerlarga

104
00:05:34.933 --> 00:05:38.887
qonuniy egalik huquqi
berilishi to'g'risidagi



105
00:05:38.887 --> 00:05:44.042
yangi qonundan
hamma asta-sekin xabar topdi.

106
00:05:44.192 --> 00:05:45.912
-Ammo bitta g'ov bor edi.

107
00:05:45.912 --> 00:05:48.472
Yerga egalik huquqini olish
uchun qishloq aholisi

108
00:05:48.472 --> 00:05:49.704
ma'lum bir yer uchastkasiga

109
00:05:49.704 --> 00:05:52.379
2005 yil 31 dekabrdan oldin
ishlov berganliklarini

110
00:05:52.379 --> 00:05:56.270
isbotlashlari kerak edi.

111
00:05:56.270 --> 00:05:59.287
[musiqa sadosi]

112
00:05:59.287 --> 00:06:00.988
-Biroq bu kabi qishloqlarda

113
00:06:00.988 --> 00:06:03.198
kim, qachon va qanday
dehqonchilik bilan

114
00:06:03.198 --> 00:06:06.968
shug'ullanganligi to'g'risida
hisobot yuritilmaydi.

115
00:06:06.968 --> 00:06:09.289
Buni qanday isbotlaysiz?

116
00:06:12.926 --> 00:06:17.144
-Hamma o'z yerining xaritasini tuzdi.

117
00:06:17.144 --> 00:06:19.835
Biz chegaralarni belgilash va

118
00:06:19.835 --> 00:06:24.848
yer maydonini o'lchash uchun
ipdan foydalandik.

119
00:06:24.848 --> 00:06:28.405
-Ammo qo'lda chizilgan
xaritalar yetarli emas edi.

120
00:06:28.405 --> 00:06:31.685
Davlat yerga egalikni tasdiqlovchi,



121
00:06:31.685 --> 00:06:37.423
davlat tomonidan berilgan
rasmiy hujjatlarni talab qildi.

122
00:06:37.423 --> 00:06:42.175
-Men ariza bilan murojaat
qilganimda arizamni rad etishdi va

123
00:06:42.175 --> 00:06:45.721
yerga egalik huquqini
tasdiqlovchi hujjatni berishmadi.

124
00:06:45.721 --> 00:06:48.834
Deyarli barcha rad javobini oldi.

125
00:06:49.066 --> 00:06:51.667
-Uzoq tekshiruvlardan son'g,

126
00:06:51.667 --> 00:06:56.568
davlat berilgan arizalarning
atigi 10 foizini tasdiqladi.

127
00:06:56.568 --> 00:07:01.011
Qishloq aholisining aksariyati
o'sha eski vaziyatda qolgan edi.

128
00:07:01.011 --> 00:07:03.942
Ammo ularda yangi
g'oya paydo bo'ldi.

129
00:07:03.942 --> 00:07:08.481
2006 yilgacha ma'lum bir yer
uchastkasida dehqonchilik qilganliklarini

130
00:07:08.481 --> 00:07:10.481
isbotlash uchun «Google Earth»

131
00:07:10.481 --> 00:07:15.244
sun'iy yo'ldosh xaritalaridan
foydalanishsachi?

132
00:07:15.244 --> 00:07:17.576
-«Google Earth»dagi
sun'iy yo'ldoshdan

133
00:07:17.576 --> 00:07:24.654
olingan rasmlar
bizda umid uyg'otdi.

134
00:07:24.654 --> 00:07:29.278
O'sha paytda arxiv rasmlari
ham paydo bo'ldi.

135
00:07:29.278 --> 00:07:33.004
Ayrim joylar uchun bizda 2002 va
2004 yillar uchun rasmlar mavjud bo'lib,

136
00:07:33.004 --> 00:07:37.810
ulardan yerdan foydalanish
tarixini ko'rish mumkin edi.

137
00:07:37.810 --> 00:07:42.153
Agar 2005 yil rasmida o'rmon ko'rsangiz,
demak u yerda o'rmon bo'lganini bilasiz.

138
00:07:42.153 --> 00:07:45.892
Agar ochiq dala bo'lgan bo'lsa,
siz buni rasmda ko'rishingiz mumkin.

139
00:07:45.892 --> 00:07:47.353
Agar siz ushbu chegarani ko'rsangiz,

140
00:07:47.353 --> 00:07:49.677
unda bu yerga ishlov berilganligini

141
00:07:49.677 --> 00:07:52.327
inkor etishning iloji yo'q.

142
00:07:52.327 --> 00:07:54.659
Bularni sun'iy yo'ldoshdan olingan rasmlar

143
00:07:54.659 --> 00:07:58.110
yordamida tasdiqlashdan
boshqa yaxshiroq usul yo'q edi.

144
00:07:59.669 --> 00:08:04.387
-Keyingi muhim qadam yer uchastkalari
chegaralari aniq ko'rsatilgan xaritalar tuzib,

145
00:08:04.387 --> 00:08:07.851
ularni sun'iy yo'ldosh rasmlari ustiga
tushirishdan iborat edi.

146
00:08:07.851 --> 00:08:11.534
Bu ish kichik, qo'l GPS qurilmalari
yordamida amalga oshirildi.

147
00:08:11.534 --> 00:08:18.351
-Siz uni yoqsangiz, sun'iy yo'ldosh
signali keladi, xaritaga

148
00:08:18.351 --> 00:08:26.926
tushirmoqchi bo'lgan yer
maydonining perimetri bo'ylab yurasiz.

149
00:08:26.926 --> 00:08:31.164
So'ngra ma'lumotlarni
kompyuterga o'tkazib,

150
00:08:31.164 --> 00:08:35.009
rasmda yer maydoni
chegarasini va

151
00:08:35.009 --> 00:08:39.121
u qayerdan o'tganini ko'rasiz.

152
00:08:39.121 --> 00:08:42.994
-2005 yil rasmlarida ma'lum
yer maydoni

153
00:08:42.994 --> 00:08:45.478
qaysi holatda
bo'lganligini ko'rasiz –

154
00:08:45.478 --> 00:08:48.782
u o'rmon bo'lganmi
yoki ekin ekiladigan yer.

155
00:08:48.805 --> 00:08:50.939
Osongina ko'rishingiz mumkin.

156
00:08:50.989 --> 00:08:53.649
-Shunday qilib, qishloq qabila aholisida



157
00:08:53.649 --> 00:08:58.181
arizalariga ilova sifatida
aniq xaritalar bor edi.

158
00:08:58.181 --> 00:09:00.650
Endi GPS xaritalari tufayli

159
00:09:00.650 --> 00:09:04.484
deyarli 90 foiz arizalar tasdiqlandi.

160
00:09:04.484 --> 00:09:09.022
[musiqa sadosi]

161
00:09:09.022 --> 00:09:12.962
-Ushbu texnologiya chindan
ham katta yordam berdi.

162
00:09:12.962 --> 00:09:15.751
Agar qonun 10-20 yil oldin
qabul qilinganda edi,

163
00:09:15.751 --> 00:09:17.489
bu texnoligiya hali yaratilmagan bo'lardi.

164
00:09:17.489 --> 00:09:20.432
Odamlar isbotlash uchun va
qonun talablarini bajarish uchun

165
00:09:20.432 --> 00:09:22.432
qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lar edi.

166
00:09:22.432 --> 00:09:30.159
[musiqa sadosi]

167
00:09:30.159 --> 00:09:33.526
-Ular endi bosqinchi emas.

168
00:09:33.526 --> 00:09:36.240
Ular endi jinoyatchi ham emas.

169
00:09:36.240 --> 00:09:42.153
Bu odamlarda endi o'z yerlariga egalik
qilishlariga ishonch paydo bo'ldi.

170
00:09:42.153 --> 00:09:47.909
Bu esa boshqa ko'p narsalarga
ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

171
00:09:50.676 --> 00:09:57.067
-Endi bu mening yerim,
men juda xursandman.

172
00:10:00.060 --> 00:10:05.711
O'zim yerni haydab,
unga ishlov beraman.

173
00:10:05.711 --> 00:10:11.820
Men qattiq mehnat qilaman
va yerni hech qachon sotmayman.

174
00:10:12.564 --> 00:10:16.332
Qiyalik joylarda mango ko'chatlarini
va boshqa o'rmon daraxtlarini

175
00:10:16.332 --> 00:10:22.048
ekishni rejalashtiryapman.

176
00:10:22.048 --> 00:10:25.765
-O'rmon xo'jaligi boshqarmasining
buyrug'i bilan butunlay kesib

177
00:10:25.765 --> 00:10:29.735
tashlangan o'rmonlar endi qishloq aholisi
harakatlari bilan qayta tiklanmoqda.

178
00:10:29.735 --> 00:10:39.478
[musiqa sadosi]

179
00:10:41.078 --> 00:10:47.848
-Ilgari o'rmonchilik xo'jaligi boshqarmasi
quduq qazishga ruxsat bermasdi,

180
00:10:47.848 --> 00:10:51.581
chunki bizda yerga
egalik huquqi yo'q edi.

181
00:10:51.581 --> 00:10:57.277
Endi esa yer bizniki.

182
00:10:57.277 --> 00:10:59.858
Men kichik quduq qazishni boshlagan edim,

183
00:10:59.858 --> 00:11:03.716
ammo hozir 8 yoki 9 ta oila bilan
birgalikda quduq qazyapmiz.

184
00:11:03.716 --> 00:11:09.778
Endi ko'proq suv olish uchun
biz kattaroq quduq qazyapmiz.

185
00:11:09.907 --> 00:11:22.325
[musiqa sadosi]

186
00:11:22.325 --> 00:11:27.084
-10 yildan keyin vaziyat
keskin o'zgardi.

187
00:11:27.084 --> 00:11:33.948
Endilikda ota-onalarning aksariyati
farzandlarini yaxshi maktablarga yuborishga

188
00:11:33.948 --> 00:11:36.335
harakat qilyapti, bu ham jiddiy o'zgarish.

189
00:11:36.355 --> 00:11:44.091
Ular qizlarning ta'limi uchun ham
ko'p rupi safrlayapti.

190
00:11:44.091 --> 00:11:48.126
-Endi ular yanada takomillashtirishni
rejalashtirishlari,

191
00:11:48.126 --> 00:11:53.434
uzoq muddatli investitsiyalar va shu
kabilarni amalga oshirishlari mumkin.

192
00:11:53.434 --> 00:11:55.682
Eng asosiysi,

193
00:11:55.682 --> 00:11:59.831
biz endi munosib hayot

194
00:11:59.831 --> 00:12:03.534
kechirishimiz mumkin,
hurmatimiz ham oshyapti,

195
00:12:03.534 --> 00:12:06.078
chunki biz endi bosqinchi
yoki jinoyatchi emasmiz.

196
00:12:06.078 --> 00:12:08.623
Endi boshimizni baland ko'targan holda

197
00:12:08.623 --> 00:12:14.870
bu yerlarga ishlov berishimiz mumkin.

198
00:12:15.301 --> 00:12:18.392
-Ular birinchi marta o'zlarini

199
00:12:18.392 --> 00:12:22.312
demokratik mamlakatning haqiqiy
fuqarolaridek his qilishyapti.

200
00:12:22.312 --> 00:12:27.021
Davlat muassasasiga tashrif buyurganda,
ular hurmatni his qilishyapti.

201
00:12:27.210 --> 00:12:29.072
Bilasizmi, ular haligacha qashshoq,

202
00:12:29.072 --> 00:12:30.970
ahvol keskin o'zgargani yo'q,
bu yerda katta sanoat korxonalari

203
00:12:30.970 --> 00:12:34.041
yoki yirik investitsiyalar ham yo'q,
ammo ulardagi g'urur va

204
00:12:34.041 --> 00:12:39.440
qadr-qimmat tuyg'usi
bir umr davom etadi.

205
00:12:39.491 --> 00:12:54.149
[musiqa sadosi]

206
00:12:54.149 --> 00:12:57.330
-Biz Google xaritasi yoki GPS to'g'risida
zamonaviy avtomobillarning  ko'pida

207
00:12:57.330 --> 00:13:00.368
majud bo'lgan oddiy texnologiya
deb o'ylashimiz mumkin.

208
00:13:00.368 --> 00:13:02.931
Ammo GPS texnologiyasi
Hindistonning Sagay

209
00:13:02.931 --> 00:13:06.274
qishloq aholisi hayotini
o'zgartirib yubordi!

210
00:13:06.274 --> 00:13:10.671
Avlodlar davomida yersiz va huquqsiz bo'lib
kelgan odamlar endilikda o'z kelajaklarini

211
00:13:10.671 --> 00:13:13.059
oz'lari yaratishlari mumkin.

212
00:13:13.059 --> 00:13:15.059
Mulkka egalik huquqi tufayli

213
00:13:15.059 --> 00:13:18.430
yer endi ularniki,
qazilgan quduq ham ularniki,

214
00:13:18.430 --> 00:13:21.258
ularning mulki esa qonun
bilan himoyalangan.

215
00:13:21.258 --> 00:13:23.815
Bu mulkka egalik huquqining qudratidir.

216
00:13:23.815 --> 00:13:27.306
Mulk sizniki bo'lsa,
siz u to'g'risida qayg'urasiz.

217
00:13:27.306 --> 00:13:30.824
Shunday qilib, keyingi gal biror manzilga borish
uchun uyali telefoningizdan foydalanganda,

218
00:13:30.824 --> 00:13:34.484
xuddi shu texnologiya Hindistonning
qabila jamoalariga o'z yerlariga

219
00:13:34.484 --> 00:13:37.350
egalik huquqini olishlarida qanday
yordam berganligini o'ylab ko'ring.

220
00:13:37.350 --> 00:13:40.136
Ushbu yerlarga endi
avvalgidan ko'ra ehtiyotkorlik va

221
00:13:40.136 --> 00:13:43.133
ekologik toza yo'llar bilan ishlov
berilayotganligi haqida o'ylab ko'ring.

222
00:13:43.133 --> 00:13:45.133
Bu esa yerga va shu bilan birga

223
00:13:45.133 --> 00:13:47.854
Hindiston aholisiga
ijobiy ta'sir ko'rsatyapti.

224
00:13:47.854 --> 00:14:01.943
[musiqa sadosi]

