WEBVTT FILE

1
00:00:00.000 --> 00:00:02.679
Qo'shma Shtatlardagi yoki dunyoning
boshqa mamlakatlaridagi

2
00:00:02.679 --> 00:00:05.254
inflyatsiyaning sababi



3
00:00:05.254 --> 00:00:07.543
mana bu qog'oz pullar va

4
00:00:07.543 --> 00:00:09.543
ularning bank

5
00:00:09.543 --> 00:00:11.770
hisob raqamlaridagi miqdori

6
00:00:11.770 --> 00:00:13.288
ishlab chiqarilgan tovar

7
00:00:13.288 --> 00:00:17.192
va xizmatlar hajmiga
nistaban tezroq o'sishidadir.

8
00:00:17.192 --> 00:00:22.628
Aslida, inflyatsiya bir joyda,
faqat bir joyda yaratiladi.

9
00:00:22.628 --> 00:00:24.084
Shu yerda, Vashingtonda.

10
00:00:24.084 --> 00:00:26.565
Faqat shu yerda mana
bunday uskunalardan

11
00:00:26.565 --> 00:00:29.734
biz pul deb ataydigan
qog'ozlar ishlab chiqariladi.

12
00:00:29.734 --> 00:00:32.003
Mana shu joyda
pul miqdorining

13
00:00:32.003 --> 00:00:35.378
o'sish sur'atini belgilaydigan
hokimiyat joylashgan.

14
00:00:35.378 --> 00:00:56.902
[bosmaxona uskunalarining shovqini]



15
00:00:56.948 --> 00:00:59.731
Buncha shovqin qayerga g'oyib bo'ldi?

16
00:00:59.731 --> 00:01:01.927
Agar biz pulning shunday
jadal o'sishini to'xtatsak,

17
00:01:01.927 --> 00:01:05.720
inflyatsiya ham shovqin
o'chganidek yo'q bo'ladi.

18
00:01:05.720 --> 00:01:07.582
Bu yangilik emas.

19
00:01:07.582 --> 00:01:09.530
Bu yangi chora emas.
Bu yangi muammo emas.

20
00:01:09.530 --> 00:01:12.103
Bu tarix davomida qayta
va qayta takrorlanib kelgan.

21
00:01:12.103 --> 00:01:15.259
Gohida inflyatsiyaga qarshi
ataylab shunday chora ko'rilgan.

22
00:01:15.259 --> 00:01:17.832
Gohida bu tasodifan sodir bo'lgan.

23
00:01:17.832 --> 00:01:19.687
Fuqarolar urushining



24
00:01:19.687 --> 00:01:22.176
oxirgi yillarida

25
00:01:22.176 --> 00:01:24.526
shimolliklar janubliklarning

26
00:01:24.526 --> 00:01:27.168
pul bosib chiqaruvchi



27
00:01:27.168 --> 00:01:30.881
bosmaxonasini bosib oladi.



28
00:01:30.881 --> 00:01:34.712
Ungacha janubda inflyatsiya
darajasi juda baland bo'lgan.

29
00:01:34.712 --> 00:01:38.322
Agar xotiram pand bermayotgan bo'lsa,
oyiga 4 foizlar bo'lgan.

30
00:01:38.322 --> 00:01:42.171
Yangi joy topib, u yerda bosmaxona
ochish va pul bosib chiqarishni



31
00:01:42.203 --> 00:01:44.071
davom ettirish uchun
Konfederatlarga ikki haftadan



32
00:01:44.071 --> 00:01:46.071
sal ko'proq
vaqt kerak bo'lgan.

33
00:01:46.071 --> 00:01:51.113
Shu ikki hafta mobaynida
inflyatsiya to'xtadi.

34
00:01:51.141 --> 00:01:54.975
Ikki haftadan keyin, ya'ni bosmaxona



35
00:01:54.975 --> 00:01:57.078
ishga tushgandan keyin
inflyatsiya yana o'sishni boshladi.

36
00:01:57.078 --> 00:02:01.828
Hammasi shunchalik oddiy va yaqqol.



37
00:02:01.852 --> 00:02:04.703
Jadal inflyatsiyaga qarshi kurashning
yagona samarali chorasiga

38
00:02:04.703 --> 00:02:07.793
yaqinda sodir bo'lgan yana boshqa
aniq misolni keltirish mumkin.

39
00:02:07.793 --> 00:02:11.327
[odamlar qichqirig'i]

40
00:02:11.327 --> 00:02:15.102
1973 yilda Yaponiyalik uy bekalari
bozorga chiqqanlarida



41
00:02:15.102 --> 00:02:18.551
yoqimsiz bir haqiqatga duch keladilar.

42
00:02:18.551 --> 00:02:23.931
Hamyonlaridagi pul o'z qiymatini
yo'qotayotgandek edi.

43
00:02:23.932 --> 00:02:25.932
Narxlar keskin oshishni boshlab,

44
00:02:25.932 --> 00:02:31.531
inflyatsiya bilan bog'liq ayanchli tarix
yana bir bor takrorlanayotgan edi.

45
00:02:31.545 --> 00:02:33.706
[transport vositalari shovqini]

46
00:02:33.706 --> 00:02:36.148
Yaponiya hukumati nima
qilishni bilar edi.



47
00:02:36.148 --> 00:02:38.913
Buning ustiga,
ular bunga tayyor ham edi.



48
00:02:38.913 --> 00:02:41.913
Hammasi tugagandan so'ng,
iqtisodchilar aynan nima

49
00:02:41.913 --> 00:02:44.380
sodir bo'lganini qayd etishga
muvaffaq bo'ldilar.

50
00:02:44.380 --> 00:02:48.977
1971 yilda pul miqdori
tez o'sa boshladi.



51
00:02:48.977 --> 00:02:52.623
Har doimgidek, avvaliga
bu inflyatsiyaga ta'sir etmadi.

52
00:02:52.623 --> 00:02:55.991
Biroq, 1972 yilning oxiriga kelib,
inflyatsiya belgilari ko'rina boshladi.

53
00:02:55.991 --> 00:02:59.209
1973 yilning boshlarida esa,
bunga qarshi hukumat chora ko'rdi.

54
00:02:59.209 --> 00:03:01.444
U pul massasi o'sishini
cheklashni boshladi,

55
00:03:01.444 --> 00:03:04.635
lekin inflyatsiya ma'lum vaqt
o'sishda davom etdi.

56
00:03:04.635 --> 00:03:09.196
Choraning kech ko'rilganligi 1973 yilni
og'ir resessiya yiliga aylantirdi.

57
00:03:09.196 --> 00:03:11.881
Davlat pul massasi o'sishini
cheklashga qat'iyatini

58
00:03:11.897 --> 00:03:17.170
namoyish qilgandan keyingina,
inflyatsiya darajasi pasayishni boshladi.

59
00:03:17.170 --> 00:03:23.231
Inflyatsiyani butunlay siqib chiqarish
uchun 5 yil vaqt kerak bo'ldi.

60
00:03:23.231 --> 00:03:25.798
Yaponiya nisbatan barqarorlikka erishdi.



61
00:03:25.798 --> 00:03:30.177
Afsuski, ham past inflyatsiya,
ham sog'lom iqtisodiyotga erishishda

62
00:03:30.177 --> 00:03:33.418
Yaponiyaliklar kechib
o'tgan qiyin yo'ldan



63
00:03:33.418 --> 00:03:36.658
boshqa oson yo'l yo'q edi.

64
00:03:36.658 --> 00:03:39.936
Birinchidan, pul massasi o'shishidagi
sekinlashuv inflyatsiyaga ta'sir qilguncha,

65
00:03:39.936 --> 00:03:45.033
ular resessiyani boshdan
o'tkazishlariga to'g'ri keldi.

66
00:03:45.033 --> 00:03:47.805
Inflyatsiya xuddi
alkogolizmga o'xshaydi.

67
00:03:47.805 --> 00:03:50.779
Ikkala holatda ham,
ichishni boshlaganda



68
00:03:50.779 --> 00:03:52.779
yoki juda ko'p pul bosib
chiqarishni boshlaganda,

69
00:03:52.779 --> 00:03:57.101
uning ijobiy ta'siri birinchi seziladi.
Salbiy oqibatlari keyinroq bilinadi.

70
00:03:57.101 --> 00:04:01.345
Shu sababli ikkala holatda
ham oshirib yuborishga, ya'ni

71
00:04:01.345 --> 00:04:04.583
juda ko'p ichishga va juda ko'p pul
bosib chiqarishga moyillik kuchli bo'ladi.

72
00:04:04.583 --> 00:04:07.449
Ularning oqibatlarini bartaraf etishga
kelganda esa, buning aksi kuzatiladi

73
00:04:07.449 --> 00:04:10.677
Ichishni yoki pul bosib
chiqarishni to'xtatganda,

74
00:04:10.677 --> 00:04:14.750
ularning salbiy ta'siri birinchi sezilib,
ijobiy ta'siri keyinroq bilinadi.

75
00:04:14.750 --> 00:04:18.181
Shu sababli choraga qat'iyat
bilan amal qilish qiyin.

