WEBVTT FILE

1
00:00:00.000 --> 00:00:03.174
- Men bu yerga odamlar pullari bilan nima
qilishlari kerakligini aytishga kelganim yo'q.

2
00:00:03.174 --> 00:00:05.878
Agar pulni o'zingiz ishlab topsangiz,
uni o'zingiz istaganday sarflang.

3
00:00:05.995 --> 00:00:07.795
Ammo men birovlarga yordam berishdan

4
00:00:07.795 --> 00:00:11.436
keladigan mamnuniyat darajasini
boshqa hech bir joydan

5
00:00:11.436 --> 00:00:14.967
olib bo'lmaslikka ishonaman.

6
00:00:14.967 --> 00:00:17.838
- Chakning «Boshqalarga yordam
berib yasha» degan falsafasi

7
00:00:17.838 --> 00:00:19.289
shaxsan o'ziga juda tegishli.

8
00:00:19.289 --> 00:00:22.339
Yaxshilik tomon o'zgarish qilaylikmi?
Nimani kutib o'ttiribsiz?

9
00:00:22.339 --> 00:00:24.788
- Chak bunga juda yaxshi namunadir.

10
00:00:24.788 --> 00:00:29.729
U o'zining hamma narsasini xayriya
qilish prinsipiga sodiq qolgan.

11
00:00:29.729 --> 00:00:33.436
- Uning fikriga ko'ra,
doim ertaga ko'proq pul,

12
00:00:33.436 --> 00:00:36.668
ko'proq millionerlar, ko'proq milliarderlar
va ko'proq muammolar bo'ladi

13
00:00:36.668 --> 00:00:39.298
va siz ushbu muammolarni ertaga
hal qilishingiz mumkin.

14
00:00:39.298 --> 00:00:41.333
Bugungi muammolarni bugun hal qilaylik.

15
00:00:41.333 --> 00:00:45.078
- Qadrli Chak, sizga shunchaki
«Rahmat» aytishga yozyapman.

16
00:00:45.078 --> 00:00:48.611
Sizning voqeangiz menga qanchalik
ta'sir etganini va siz qilgan

17
00:00:48.611 --> 00:00:53.191
ishlar hayotimni o'zgartirishga
rag'batlantirganini tushuntirib berolmayman.

18
00:00:53.923 --> 00:00:57.406
- 35 yildan beri Chak Fineyning
8 milliard dollardan ortiq bo'lgan

19
00:00:57.406 --> 00:01:00.361
butun boyligi jahon bo'ylab
hayotlarni va institutlarni

20
00:01:00.361 --> 00:01:03.835
o'zgartirishga sarflangan.

21
00:01:03.835 --> 00:01:05.835
U hayoti damovida butun boyligini
hadya qilish maqsadida

22
00:01:05.835 --> 00:01:08.983
Atlantic Philanthropies
degan tashkilotga asos solgan.

23
00:01:08.983 --> 00:01:13.006
- Bugun qilgan hadyangizdan
kelgan yaxshilikni ko'rishingiz mumkin.

24
00:01:13.006 --> 00:01:15.006
Hayotdan o'tib qilingan
hadyaning ta'sirini sezmaysiz.

25
00:01:15.006 --> 00:01:17.006
[kulgi]

26
00:01:17.429 --> 00:01:18.950
YORDAM BERIB YASHAMOQ

27
00:01:18.950 --> 00:01:23.063
YORDAM BERIB YASHAMOQ
Hayotni yaxshi tomonga o'zgartiring

28
00:01:23.175 --> 00:01:26.362
YORDAM BERIB YASHAMOQ
Matnni Timoti Hatton o'qigan

29
00:01:26.982 --> 00:01:31.052
- Men Chak Fineyni birinchi bor bu yerga
olib kelganimda bu joyda hech nima yo'q edi.

30
00:01:32.066 --> 00:01:35.136
Endi har tomonda binolar joylashgan.

31
00:01:35.728 --> 00:01:37.728
- Chak bilan Atlantic Philanthropies

32
00:01:37.728 --> 00:01:39.899
buning amalga oshishiga
asosiy rol o'ynashgan.

33
00:01:39.899 --> 00:01:41.495
- Bu… shisha effecti -

34
00:01:41.495 --> 00:01:43.802
u shu tomondan keladimi?

35
00:01:43.918 --> 00:01:46.597
- Buni yerdan ko'tarish,
har ma'noda aytganda,

36
00:01:46.597 --> 00:01:49.277
Chak Finey xayriyasining
ajratuvchi xususiyati bo'lgan.

37
00:01:49.277 --> 00:01:51.533
- Chak bizga kengroq o'ylashni o'rgatyapti.

38
00:01:51.533 --> 00:01:53.846
U doim bizga qanday qilib muhim va

39
00:01:53.846 --> 00:01:56.408
ahamiyatli ish qilishni o'ylashga

40
00:01:56.408 --> 00:01:58.296
harakat qilishni aytadi.

41
00:01:59.395 --> 00:02:02.434
- Mamlakatdagi o'limlarning
asosiy sababi

42
00:02:02.434 --> 00:02:05.302
bu yurak va saraton kasalliklaridir.

43
00:02:05.302 --> 00:02:09.084
Aynan shu sohalarni rivojlantirishga

44
00:02:09.084 --> 00:02:11.084
vaqt kelganiga ishonchim komil.

45
00:02:11.084 --> 00:02:15.866
Biz bunga yechim topa olamiz
va biz yechimini albatta topamiz.

46
00:02:15.866 --> 00:02:21.237
- Bajara olaman degan ruhiyat va boshqalar
to'g'risida qayg'urish Chakning qonida bor.

47
00:02:21.237 --> 00:02:24.000
U 1931-yilda Buyuk depressiya
vaqtida Nyu Jersida

48
00:02:24.000 --> 00:02:27.836
Irland-Amerikalik ishchi
oilasida tug'ilgan.

49
00:02:27.836 --> 00:02:29.257
Pul kam bo'lgan va

50
00:02:29.280 --> 00:02:32.520
u maktabdan to'g'ridan-to'g'ri
Havo kuchlariga qo'shildi.

51
00:02:32.531 --> 00:02:35.587
- U veteranlar granti bilan
Cornell universitetida o'qidi,

52
00:02:35.587 --> 00:02:37.275
chunki boshqa yo'l bilan
uning bunga qurbi yetmasdi.

53
00:02:37.275 --> 00:02:39.306
Uning oilasi o'qishga
jo'nata olmasdi.

54
00:02:39.800 --> 00:02:42.924
- Cornell universiteti Chakka omad
uchun yo'l ochib berdi.

55
00:02:42.924 --> 00:02:44.637
Tadbirkorlik qonida bo'lib,

56
00:02:44.637 --> 00:02:47.974
u ta'limi va chet el tajribasidan
foydalanib, o'zi uchun

57
00:02:47.974 --> 00:02:50.830
pul makoni bo'lgan biznesni topdi va

58
00:02:50.830 --> 00:02:54.875
bu Atlantika flotidagi dengizchilarga
spirtli ichimlik savdosi edi.

59
00:02:54.875 --> 00:02:57.874
- Agar bu ish harbiylarga to'g'ri kelsa,
uni sayyohlar bilan ham qilib ko'rsa bo'ladi.

60
00:02:57.874 --> 00:03:00.605
Shunday qilib ichimliklarni
turistlarga ham sota boshladik.

61
00:03:00.605 --> 00:03:03.440
Ular agar ichimlik sotayotgan bo'lsang,
nima uchun atir sotmaysan, deyishdi,

62
00:03:03.440 --> 00:03:07.136
shu sababli biz mahsulotlarimiz
turini kengaytirdik.

63
00:03:07.136 --> 00:03:12.390
- Biznes imperiyasi – DFS
(bojdan ozod xaridorlar) tug'ildi.

64
00:03:12.390 --> 00:03:14.900
- 70-yillarning oxiriga kelib

65
00:03:14.900 --> 00:03:18.172
ular jahonning eng katta bojdan ozod
bo'lgan mahsulotlar olib-sotuvchisi edi.

66
00:03:18.172 --> 00:03:21.809
O'sha paytdagi savdo hajmi yilida
3 milliard dollar atrofida edi.

67
00:03:22.704 --> 00:03:28.375
80-yillarga kelib ularning
Frantsiya janubida, Gavayi,

68
00:03:28.375 --> 00:03:32.003
Nyu York, shundoqqina Parijdan tashqarida,
Leykvilda, Konnektikutda uylari bor edi...

69
00:03:32.003 --> 00:03:33.571
birortasi yodimdan ko'tarilgandir.

70
00:03:33.571 --> 00:03:36.128
- Men yaxshi muhitda katta bo'ldim.

71
00:03:36.128 --> 00:03:38.276
Uyimizga doim odamlar kelgan,

72
00:03:38.276 --> 00:03:41.743
barbekyu va ziyofatlar qilardik,

73
00:03:41.743 --> 00:03:43.156
odamlar esa doim bolalari bilan kelishgan.

74
00:03:43.156 --> 00:03:45.566
Har doim bolalar va kattalar
ziyofati bo'lardi.

75
00:03:45.566 --> 00:03:47.566
- Ular Amerika orzusi bilan yashashdi.

76
00:03:47.566 --> 00:03:52.395
50 yoshga kelib Chak buncha
boylikdan charchadi.

77
00:03:52.395 --> 00:03:56.561
- 1980-yillarga kelib men
buning hammasi…

78
00:03:56.645 --> 00:03:59.120
qayerga olib kelishini o'yladim,
davlatim bilan nima qilishni…

79
00:03:59.120 --> 00:04:02.755
Bilasizmi… men oddiy yigitman,

80
00:04:02.940 --> 00:04:05.690
pishloq va pomidor sendvich
bilan ham kifoyalanaman.

81
00:04:05.690 --> 00:04:09.292
- Chak o'zining davlatini va
mo'l-ko'lchiligini ko'z-ko'z qilishga

82
00:04:09.292 --> 00:04:12.292
o'zini noqulay his etadi va, menimcha,
vaqt o'tishi bilan bu his kuchaygan.

83
00:04:12.292 --> 00:04:15.204
- Bir kuni u menga qo'ng'iroq
qilib aytdi:

84
00:04:15.204 --> 00:04:18.575
«Katta yangilik bor: butun
boyligimni hadya qildim».

85
00:04:18.575 --> 00:04:20.701
Men so'radim: «Hammasinimi?»

86
00:04:20.701 --> 00:04:24.311
U javob qaytardi:
«Hammasini fondga berdim».

87
00:04:24.311 --> 00:04:29.004
- 1984-yilda Hosil bayrami atrofida
biz uchrashdik va barcha aktivlar

88
00:04:29.004 --> 00:04:31.004
fondga o'tkazilishi
haqida imzolandi.

89
00:04:31.004 --> 00:04:33.128
Oila uchun kelishilgan
miqdor qoldirildi

9
00:04:33.128 --> 00:04:36.444
va qolgan hammasi
xayriyaga o'tkazildi.

91
00:04:36.444 --> 00:04:38.159
Men: «Orqaga yo'l yo'q.

92
00:04:38.159 --> 00:04:41.255
Buni amalga oshirsang, o'zgartirib
bo'lmasligini tushunishing kerak.

93
00:04:41.255 --> 00:04:44.182
Mulkingdan butunlay ayirilasan,
senga yoqmasa ham, qaytmaydi.

94
00:04:44.182 --> 00:04:45.744
Shunday qilishga aminmisan?»

95
00:04:45.744 --> 00:04:47.468
U aslida shunday qilishga
betoqat edi,

96
00:04:47.468 --> 00:04:49.125
chunki u shunday qarorga
kelib bo'lgan edi.

97
00:04:49.125 --> 00:04:51.339
U aytdi: «Ha, ha, ha,
keling cho'zmaylik».

98
00:04:51.339 --> 00:04:55.799
- Atlantic Philanthropiesning birincha
katta loyihasi Irlandiyada amalga oshdi.

99
00:04:55.799 --> 00:04:58.674
- Irlandiyada o'sha paytda vaziyat
yaxshi emas edi

100
00:04:58.674 --> 00:05:00.674
va u yo'rdam berish
imkoniyatini ko'rdi.

101
00:05:00.674 --> 00:05:03.041
- Bu xuddi ichki hissiyotdek.

102
00:05:03.041 --> 00:05:05.906
Vaziyat mos edi, odamlar tayyor,

103
00:05:05.906 --> 00:05:08.751
udumlar ham ma'lum bir darajada edi.

104
00:05:08.751 --> 00:05:10.039
- Limerik universiteti

105
00:05:10.039 --> 00:05:14.825
uning katta miqdorda hadya qilishni
boshlagan tajriba joyi bo'ldi.

106
00:05:14.825 --> 00:05:18.323
- 1980-yillarda Irlandiya universitetlari
milliy iqtisodiyoti bilan

107
00:05:18.323 --> 00:05:20.544
bir qatorda og'ir ahvolda edi.

108
00:05:21.439 --> 00:05:26.201
Atlantic grantlari kichkina Limerik
universitetini rivojlantirib yubordi.

109
00:05:27.189 --> 00:05:29.443
- Universitet dasturida unga
binolar borligi, ularning tepish,

110
00:05:29.443 --> 00:05:31.729
ushlash, his qilish mumkin
bo'lgan g'isht va ohakdan

111
00:05:31.729 --> 00:05:33.047
yasalganligi yoqardi, va u

112
00:05:33.047 --> 00:05:37.823
bularning barchasining shu
joyda bo'lishiga yordam bergan.

113
00:05:37.823 --> 00:05:40.576
- Universitetlarga yordam berish
iqtisodiyotga,

114
00:05:40.576 --> 00:05:43.077
o'zingizga, qo'shningizga
yordam berish demakdir.

115
00:05:43.077 --> 00:05:44.614
Pulingizning barakasini ko'rasiz.

116
00:05:44.614 --> 00:05:46.333
- Peshqadam Chak esa Limerikka

117
00:05:46.333 --> 00:05:49.456
kiritgan investitsiyasini keyingi
darajaga olib chiqish yo'lini topdi.

118
00:05:49.456 --> 00:05:53.117
- U Limerikda kichik miqyosda
bajargan ishini

119
00:05:53.117 --> 00:05:56.745
butun Irlandiya miqyosida
bajarishga qaror qildi.

120
00:05:56.745 --> 00:06:00.762
Bu esa davlatning jiddiy majburiyat
olishiga turtki bo'ldi yoki

121
00:06:00.762 --> 00:06:03.415
turtki bo'lishga sabab bo'ldi.

122
00:06:03.415 --> 00:06:05.568
- Bir-necha yil ichida

123
00:06:05.568 --> 00:06:08.764
Irlandiyaning oliy ta'lim
tizimi o'zgardi.

124
00:06:08.764 --> 00:06:11.253
Chak «yordam berib yashash»
bilan yonardi.

125
00:06:11.253 --> 00:06:14.703
1996-yilning oxirlarida
DFS sotilganidan so'ng,

126
00:06:14.703 --> 00:06:17.234
fondning g'aznasi mablag' bilan to'ldi.

127
00:06:17.234 --> 00:06:20.156
Endi Chak katta loyihalar qila olardi.

128
00:06:20.156 --> 00:06:22.156
- O'sha paytlarda u aytdi:

129
00:06:22.156 --> 00:06:26.202
«Keling, hammasini tezroq,
tirikligimda amalga oshiraylik,

130
00:06:26.202 --> 00:06:29.831
chunki men ham ishtirok etishni
xohlayman va menda ayrim g'oyalar bor».

131
00:06:31.490 --> 00:06:35.450
- Vetnam o'n yilliklar davomida
urush tufayli vayrona bo'lgan

132
00:06:35.450 --> 00:06:37.450
va vaziyati yomon edi.

133
00:06:37.450 --> 00:06:40.044
- Chak Vetnamga birinchi
bor kelganida

134
00:06:40.044 --> 00:06:43.030
u Vetnam xalqi bundan yaxshi
hayotga loyiq deb o'yladi.

135
00:06:43.030 --> 00:06:46.470
Chakka birinchi bo'lib
kasalxonalarni ko'rsatishdi.

136
00:06:46.470 --> 00:06:49.630
Ahvolning qanchalik yomonligini ko'rganda,

137
00:06:49.630 --> 00:06:52.310
u birdaniga majburiyani sezib:

138
00:06:52.310 --> 00:06:53.683
«Bir-nima qilishimiz kerak», dedi.

139
00:06:53.683 --> 00:06:55.899
- Oldingizda kasal odamlarni
ko'rganda, o'ylaysiz:

140
00:06:55.899 --> 00:07:01.369
«Xudoyim, kimdir bunga yechim
topishi lozim».

141
00:07:02.017 --> 00:07:04.017
- O'n yil ichida

142
00:07:04.017 --> 00:07:06.537
Atlantic Vetnamning sog'lik-salomatlik
sohasini 21-asrga olib kelish uchun

143
00:07:06.537 --> 00:07:10.144
yuzlab million dollar
investitsiya qildi.

144
00:07:10.144 --> 00:07:12.804
- U Vetnamni tanlaganining sababi,
chunki nisbatan kam miqdordagi pul bilan

145
00:07:12.804 --> 00:07:17.029
ko'p odamlarning hayotida katta
ta'sir ko'rsatish mumkin edi.

146
00:07:17.029 --> 00:07:22.935
Tadbirkor sifatida bu…
Chakni jonlantirdi.

147
00:07:22.935 --> 00:07:25.029
Kasalxonaga hech qachon
kela olmaydigan

148
00:07:25.029 --> 00:07:27.340
qishloqda yashaydigan
odam ko'p edi.

149
00:07:27.340 --> 00:07:31.512
Demak, e'tiborni oddiy tibbiy yordam
tizimidan boshlash kerak.

150
00:07:31.512 --> 00:07:35.068
-Markazdan chetda mahalliy tibbiy
markazlar tibbiy xizmat olishga

151
00:07:35.068 --> 00:07:38.802
yagona joy bo'lgan. O'zgarishlarni
aynan shulardan boshlash lozim edi.

152
00:07:38.802 --> 00:07:41.281
Chakning o'zi bunga amin bo'lmoqchi edi.

153
00:07:41.281 --> 00:07:43.564
- To'lib toshgan, qulamoqchi
bo'lgan binolarni,

154
00:07:43.564 --> 00:07:46.369
jihozlarning yo'qligini ko'rasiz,
odamlarning yerda yotganini ko'rasiz.

155
00:07:46.369 --> 00:07:49.203
Ammo biz imkoniyat borligini ko'rdik.

156
00:07:49.203 --> 00:07:52.246
Shifokorlar, ishchilar
ishiga juda sodiq.

157
00:07:52.246 --> 00:07:53.936
- Atlantic ning mablag'lari bilan

158
00:07:53.936 --> 00:07:57.686
9 million odamga xizmat ko'rsatadigan
8 provinsiyada

159
00:07:57.686 --> 00:08:02.711
900 mahalliy tibbiy markazlar
qurildi yoki qayta tiklandi.

160
00:08:02.711 --> 00:08:05.437
Ishchilar ham yuqori
darajali malaka oldilar.

161
00:08:05.437 --> 00:08:09.368
- Birinchi mahalliy tibbiy
markaz qurildi,

162
00:08:09.368 --> 00:08:10.731
keyin yana bittasi, keyingisi,

163
00:08:10.731 --> 00:08:13.218
tezda ishimiz yurishib ketdi

164
00:08:13.218 --> 00:08:17.253
va butun provinsiya bunga
jalb bo'ldi,

165
00:08:17.253 --> 00:08:19.720
keyin boshqa provinsiyalar
ham e'tibor berishni boshladi

166
00:08:19.720 --> 00:08:21.909
va ishimiz tezlashdi.

167
00:08:21.909 --> 00:08:26.376
- Barqaror natija olindi
va u Atlantic dan keyin ham

168
00:08:26.376 --> 00:08:28.737
Vetnamning sihat-salomatlik
xizmatlarining qismi bo'lib,

169
00:08:28.737 --> 00:08:31.848
ta'sir ko'rsatishni
davom etadi.

170
00:08:31.848 --> 00:08:36.002
- Buning kelajakda rivojlanishni
davom etishi qo'shimcha nafdir…

171
00:08:36.002 --> 00:08:39.080
va bu davom etadi.

172
00:08:39.080 --> 00:08:41.080
- Chak haqiqatdan ham namuna bo'ldi.

173
00:08:41.080 --> 00:08:43.080
Bu juda ruhlantiradigan voqea.

174
00:08:43.080 --> 00:08:45.080
Microsoftning omadi
juda chopgan payt

175
00:08:45.080 --> 00:08:47.539
men qanday qilib foydamizni
jamiyatga qaytarish to'g'risida

176
00:08:47.539 --> 00:08:50.182
o'ylashni boshladim.

177
00:08:50.182 --> 00:08:53.408
- Chak kabi Bill Geyts ham

178
00:08:53.408 --> 00:08:55.408
tadbirkorlik tajribasini xayriyaga bag'ishlagan.

179
00:08:55.408 --> 00:08:58.715
- Goyamiz esa – ilm-fan va
yangiliklardan foydalanib

180
00:08:58.715 --> 00:09:00.449
va biror yo'l bilan hayotlarni yaxshilab,

181
00:09:00.449 --> 00:09:04.950
barchani o'zimiz egalik qilishga
muvaffaq bo'lgan narsalar bilan ta'minlash.

182
00:09:04.950 --> 00:09:08.276
- Janubiy Afrika Aparteyd
tizimidan o'zi uchun

183
00:09:08.276 --> 00:09:12.395
demokratiya qurayotgan ayni
paytda sahnaga Atlantic keldi.

184
00:09:12.395 --> 00:09:15.545
- Bu yerda biz orzuga,

185
00:09:15.545 --> 00:09:20.496
o'tmishdagi og'riqni, tanazzulni,
xorlikni yaxshi hayot orzusiga

186
00:09:20.496 --> 00:09:23.350
investitsiya qilishni so'radik.

187
00:09:23.936 --> 00:09:28.608
- 1994-yilda Janubiy Afrikaliklarning
aksariyati savodsiz bo'lgan.

188
00:09:28.608 --> 00:09:32.442
Bizning maqsadimiz
imkoniyat boricha Janubiy Afrikaliklarga

189
00:09:32.442 --> 00:09:35.913
zamonaviy bilimning
mohiyatini tushuntirish edi.

190
00:09:35.913 --> 00:09:38.658
Shuning uchun unversitetlar muhim.

191
00:09:38.658 --> 00:09:39.883
- Janubiy Afrikada

192
00:09:39.883 --> 00:09:43.735
Atlantic yuqori ta'limni
yana bir bor o'zgarish vositasi,

193
00:09:43.735 --> 00:09:46.047
inson kapitalini rag'batlantirish deb ko'rdi.

194
00:09:46.047 --> 00:09:49.046
Bu gal ham hokimiyat ta'sirni
kuchaytirish uchun berilgan pullarga

195
00:09:49.046 --> 00:09:51.046
teng mablag' ajratishi kerak edi.

196
00:09:51.046 --> 00:09:53.382
- Siz universitetni

197
00:09:53.382 --> 00:09:55.577
mingdan ortiq talablar
bilan to'lgan kunda

198
00:09:55.577 --> 00:09:57.418
ko'rishingiz kerak.

199
00:09:57.418 --> 00:09:59.760
Barcha ushbu Janubiy Afrikalik yoshlar

200
00:09:59.760 --> 00:10:01.760
fan bilan mashg'ul va ular bundan mag'rurlanishadi.

201
00:10:01.760 --> 00:10:05.939
Bu hech qachon Janubiy Afrikada
sodir bo'lishi mumkin emas deb kutilgan.

202
00:10:05.939 --> 00:10:07.939
Biz dunyoni hayratda qoldirdik.

203
00:10:07.939 --> 00:10:11.468
[namoyishchilar ashula aytishyapti]

204
00:10:11.468 --> 00:10:12.938
- Ta'limdan tashqari

205
00:10:12.938 --> 00:10:16.377
Atlantic gomoseksuallar jamiyati
uchun hamda OIV/OITS ga qarshi

206
00:10:16.377 --> 00:10:20.369
kurashayotgan faollarga ham
ko'mak berishga peshqadamlik qilgan.

207
00:10:20.369 --> 00:10:23.598
[namoyishchilar ashula aytishyapti]

208
00:10:23.598 --> 00:10:26.841
- Mana shu faollik kasallikning
halokatli oqibatlariga

209
00:10:26.841 --> 00:10:29.725
qarshi muhim siljishga olib keldi.

210
00:10:29.798 --> 00:10:36.235
- Agar 2004-yilda
Janubiy Afrikadagi hech bir kishi

211
00:10:36.235 --> 00:10:39.457
davlat sog'likni saqlash muassasidan
yordam olmagan bo'lsa,

212
00:10:39.457 --> 00:10:43.072
bugungi kunda 2 million
odam shifo olib,

213
00:10:43.072 --> 00:10:46.544
ko'plar shuning natijasida
yashab kelishmoqda.

214
00:10:46.544 --> 00:10:49.500
Biz inqilobga o'xshash narsaga erishdik

215
00:10:49.500 --> 00:10:51.780
va Atlantic ning

216
00:10:51.780 --> 00:10:55.399
mustahkam yordamisiz usbhu
inqilobning ilojisi bo'lmas edi.

217
00:10:55.399 --> 00:10:57.794
- Menga kitobni taqdim etish
sharafi tushdi.

218
00:10:57.794 --> 00:10:59.794
U Chak Finey hayoti

219
00:10:59.794 --> 00:11:05.459
va uning ajoyib, ajoyib
tajribasi to'g'risida edi.

220
00:11:05.459 --> 00:11:08.814
Men hayratda edim. Qanday ajoyib
hayot tajribasi… ya'ni…

221
00:11:08.814 --> 00:11:13.678
bilasizmi… bitta inson o'z
hayotiga qancha ma'no bergan!

222
00:11:13.678 --> 00:11:15.678
- Investitsiya bankiri Amit Chandra

223
00:11:15.678 --> 00:11:18.552
40 yoshga yetmay o'lkan
moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi.

224
00:11:18.552 --> 00:11:20.367
- Muvaffaqiyat erta keldi,

225
00:11:20.367 --> 00:11:25.958
lekin baribir bo'shliq
hissiyoti bor edi.

226
00:11:25.958 --> 00:11:28.191
- Chak Finey hikoyasidan ta'sirlangan

227
00:11:28.191 --> 00:11:31.949
Amit va rafiqasi yangi
noma'lum yo'lni boshlashdi.

228
00:11:31.949 --> 00:11:36.756
- Biz butun mol-mulkimizni
shunday qilib taqsimladikki,

229
00:11:36.756 --> 00:11:38.756
oilamiz uchun yetarlisini

230
00:11:38.756 --> 00:11:41.229
olib qolib, qolgan hammasini

231
00:11:41.229 --> 00:11:44.887
hayriyaga beramiz dedik.

232
00:11:44.887 --> 00:11:47.466
Qilgan qarorimizning juda chuqur
egoistik jihati bor.

233
00:11:47.466 --> 00:11:50.242
Shu yo'lni tanlaganimdan oladigan
qoniqishim boshqa har bir ishimdan

234
00:11:50.242 --> 00:11:52.057
keladigan qoniqishdan ancha ko'p.

235
00:11:52.057 --> 00:11:55.390
- Chak Finey milliardlarining
oxirini ehson qilishdan

236
00:11:55.390 --> 00:11:59.517
oladigan mamnuniyati ularni ishlab
topganida olgan mamnuniyatidan kattaroqdir.

237
00:11:59.517 --> 00:12:02.529
Bu uning ishtiyoqi va dorisi.

238
00:12:02.529 --> 00:12:05.294
- Bu dunyoni tark etishdan oldin
nima ish qila olasiz?

239
00:12:05.294 --> 00:12:07.496
O'zingizdan keyin dunyoni

240
00:12:07.496 --> 00:12:09.496
yaxshiroq joy qilib qoldiringki,
avlodlarda ko'proq imkoniyat bo'lsin.

241
00:12:09.496 --> 00:12:11.623
Bundan ko'proq qoniqish yo'q.

242
00:12:11.623 --> 00:12:13.407
Bunda hammamiz uchun,

243
00:12:13.407 --> 00:12:16.954
ayniqsa badavlat odamlar
uchun saboq bor.

244
00:12:16.954 --> 00:12:20.531
- Shaxsan men uchun, menimcha…
buni tushunish qiyin emas.

245
00:12:20.531 --> 00:12:23.679
- Agar atrofga qarab o'ylab ko'rsangiz,

246
00:12:23.679 --> 00:12:26.639
nima uchun… yaxshilik ko'p
kerak bo'lganda nima uchun

247
00:12:26.639 --> 00:12:29.982
qiladigan yaxshiligingizni
kamaytirishingiz kerak?

248
00:12:30.982 --> 00:12:37.252
Davlatingizdan odamlarga yordam berish uchun foydalaning.
Umuman olganda doim odamlar ahamiyatga ega.
- Chak Finey

249
00:12:38.094 --> 00:12:42.971
- Atlantic oxirgi ehsonini 2016-yil dekabda qilib,
1982-yildan beri jami investitsiyalari 8 milliard dollardan oshdi.

250
00:12:43.427 --> 00:12:48.800
35 yildan ortiq vaqt davomida Atlantic hayr-ehsonini Avstraliya, Bermuda, Kuba, Shimoliy Irlandiya, Irlandiya respublikasi, Janubiy Afrika va Qo'shma Shtatlari, Vetnamga qaratdi.

251
00:12:49.337 --> 00:13:24.720
[musiqa sadosi]

