WEBVTT FILE

º1
00:00:00.000 --> 00:00:02.188
-Bugun men
«Dunyoda iqtisodiy erkinlik»

2
00:00:02.188 --> 00:00:04.093
hisoboti mualliflari
bilan uchrashib,

3
00:00:04.093 --> 00:00:06.093
bu ko'rsatkichning, masalan,
Zambiya kabi

4
00:00:06.093 --> 00:00:09.030
mamlakatlarda qanday
hisoblanishini bilmoqchiman.

5
00:00:09.030 --> 00:00:10.030
-Uchrashganimizdan xursandman!

6
00:00:10.030 --> 00:00:11.030
-Men ham xursandman!
-Rahmat!

7
00:00:11.030 --> 00:00:13.377
-Janoblar, kelganingiz uchun rahmat!

8
00:00:13.377 --> 00:00:15.830
Bu hisobot nima to'g'risida
va u qanday amal qiladi?

9
00:00:15.830 --> 00:00:18.048
-Xo'sh, aslida bu imkoniyatlar va
inson o'z hayotini boshqara olishi

10
00:00:18.048 --> 00:00:23.499
nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda
dunyoni tahlil qilishga qaratilgan harakatdir.

11
00:00:23.499 --> 00:00:28.053
Umuman olganda, institutlar va siyosat
odamlar kasbni tanlash,

12
00:00:28.053 --> 00:00:31.049
tadbirkorlik faoliyatini tanlash
va boshqalar bilan

13
00:00:31.049 --> 00:00:33.049
savdoga kirishish imkoniyatlariga,
shuningdek,

14
00:00:33.049 --> 00:00:35.049
balki bu eng muhimdir,

15
00:00:35.049 --> 00:00:36.624
o'z ishlab topgan daromadlariga

16
00:00:36.624 --> 00:00:38.529
erkin egalik qilish
imkoniyatiga ta'sir ko'rsatadi.

17
00:00:38.529 --> 00:00:42.746
Biz bu o'zgarishlarning
odamlarning iqtisodiy erkinligiga

18
00:00:42.746 --> 00:00:44.523
ta'sirini o'rganish
qiziq deb o'yladik.

19
00:00:44.523 --> 00:00:46.455
-Maqsadimiz buni ko'rsatkichda
ifodalash edi, shuning uchun

20
00:00:46.455 --> 00:00:48.933
ko'p mamlakatlar bo'yicha
ma'lumotlarni Jahon bankidan,

21
00:00:48.933 --> 00:00:52.218
Xalqaro valyuta jamg'armasidan va boshqa
ishonchli manbalardan yig'dik.

22
00:00:52.218 --> 00:00:54.218
Biz keyin bu ma'lumotlarni
kompyuterga kiritib,

23
00:00:54.218 --> 00:00:55.361
uning ustida ko'p yillar davomida ishladik.

24
00:00:55.361 --> 00:00:57.958
Jimda sog'liq bilan muammolar bo'lib,
ko'zi ko'rmay qoldi.

25
00:00:57.958 --> 00:01:00.109
Shuning uchun ozroq sekinlashdik,

26
00:01:00.109 --> 00:01:02.658
lekin biz ishimizni davom
ettiraverdik va nihoyat,

27
00:01:02.658 --> 00:01:04.494
7 yoki 8 yildan so'ng
yaxshi hisobot yaratdik.

28
00:01:04.494 --> 00:01:06.656
-Demak, umuman olganda,
siz odamlarga o'z daromadlari va

29
00:01:06.656 --> 00:01:10.087
boyliklarini boshqarishga, kasbni
tanlashga, biznes boshlashga va

30
00:01:10.087 --> 00:01:14.229
savdo qilishga erkinlik beradigan
omillarni qarab chiqasiz, to'g'rimi?

31
00:01:14.229 --> 00:01:17.076
-To'ppa-to'g'ri.

32
00:01:17.076 --> 00:01:19.458
-Siz mamlakatlar reytingini tuzishda

33
00:01:19.458 --> 00:01:22.130
bu hisobotdan 17 yildan
beri foydalanib kelyapsiz.

34
00:01:22.130 --> 00:01:24.925
Ma'lumotlar tahlilidan
nimalarni o'rgandingiz?

35
00:01:24.925 --> 00:01:27.955
-Eng muhim xulosalardan
biri shuki,

36
00:01:27.955 --> 00:01:30.899
iqtisodiy erkinroq mamlakatlarda
iqtisodiy o'sish sur'atlari

37
00:01:30.899 --> 00:01:34.312
ancha baland bo'lib, ularda
yuqoriroq daromad darajasi kuzatiladi.

38
00:01:34.312 --> 00:01:36.718
Aslini olganda, daromad darajasi



39
00:01:36.718 --> 00:01:38.718
bir oz yuqori emas,
balki ancha yuqori.

40
00:01:38.718 --> 00:01:44.180
Masalan, iqtisodiy erkin mamlakatlarning
eng yuqori kvartili uchun,

41
00:01:44.180 --> 00:01:47.200
ya'ni iqtisodiy erkin mamlakatlarning
1/4 qismi uchun jon boshiga daromad

42
00:01:47.200 --> 00:01:50.717
eng quyi kvartildagi mamlakatlarga
qaraganda 7 martaga ko'p.

43
00:01:50.717 --> 00:01:52.053
Bu juda katta farq.

44
00:01:52.053 --> 00:01:56.121
-Biroq bu faqat umumiy daromadlarning
o'sishi to'g'risida emas, balki

45
00:01:56.121 --> 00:01:58.121
qashshoqlarning eng
qashshog'i to'g'risida hamdir.

46
00:01:58.121 --> 00:02:00.145
Agar eng quyi kvartildagi mamlakatlarga qarasak,

47
00:02:00.145 --> 00:02:02.389
ulardagi eng qashshoq 10 foiz aholining

48
00:02:02.389 --> 00:02:05.711
o'rtacha daromadi jon boshiga
1200 dollarni tashkil etadi.

49
00:02:05.711 --> 00:02:08.915
Agar eng yuqori, ya'ni eng erkin
mamlakatlar kvartiliga qarasak,

50
00:02:08.915 --> 00:02:12.187
ularda o'rtacha daromad
11000 dollardan ko'proqni tashkil etadi.

51
00:02:12.187 --> 00:02:13.969
Bu yashash uchun juda ko'p emas,

52
00:02:13.969 --> 00:02:16.491
lekin 1200 dollarga
qaraganda ancha ko'p.

53
00:02:16.491 --> 00:02:18.763
-Odamlar qashshoqlikdan
chiqishga harakat qiladi,

54
00:02:18.763 --> 00:02:21.377
bu esa hayot sifatining
ancha oshishidir.

55
00:02:21.377 --> 00:02:23.622
-Gap faqat hayot sifati
to'g'risida emas.

56
00:02:23.622 --> 00:02:25.420
U hayotning miqdoriy ko'rsatkichlari
to'g'risida hamdir.

57
00:02:25.420 --> 00:02:27.592
Agar eng erkin mamlakatlarni olib,

58
00:02:27.592 --> 00:02:29.693
ularni eng erkin bo'lmagan
mamlakatlar bilan solishtirsak,

59
00:02:29.693 --> 00:02:31.205
eng erkin mamlakatlarda

60
00:02:31.205 --> 00:02:34.314
umr davomiyligi ancha
yuqori... 18 yilga.

61
00:02:34.314 --> 00:02:36.955
-Bilasizmi, bu farq asosan erkinroq
mamlakatlardagi yuqori daromadlar,

62
00:02:36.955 --> 00:02:39.158
yaxshi sanitariya sharoitlari,
yetarlicha ovqatlanish

63
00:02:39.158 --> 00:02:41.349
va shu kabilar bilan
bog'liq bo'lishi mumkin.

64
00:02:41.349 --> 00:02:44.223
-Bilasizmi, agar 60 emas
80 yoshgacha yashasangiz,

65
00:02:44.223 --> 00:02:47.710
bu farq nevaralarni ko'rishni,
ularning ulg'ayishini ko'rishni,

66
00:02:47.710 --> 00:02:49.279
evaralarni ko'rishni anglatadi.

67
00:02:49.279 --> 00:02:52.552
Iqtisodiy erkinlik... albatta, avvalo daromadlar
va iqtisodiy rivojlanish to'g'risida,

68
00:02:52.582 --> 00:02:54.527
lekin u hayot sifati va

69
00:02:54.527 --> 00:02:56.162
nevaralaringizni ko'rish yoki ko'rmaslik
to'g'risida hamdir.

70
00:02:56.162 --> 00:02:57.528
Agar sizda iqtisodiy
erkinlik ko'proq bo'lsa,

71
00:02:57.528 --> 00:02:59.171
nevaralaringizni ko'rish
ehtimoli ham oshadi,

72
00:02:59.171 --> 00:03:01.550
bu esa mashinalaringiz
soni va shu kabilardek

73
00:03:01.550 --> 00:03:04.367
muhim yoki ulardan
muhimroq bo'lishi mumkin.

74
00:03:04.367 --> 00:03:08.882
-30 yildan ko'proq vaqt davomida
Qo'shma Shtatlari uchunchi o'rinda

75
00:03:08.896 --> 00:03:12.355
bo'lib kelgan, lekin oxirgi
hisobotda AQSh 19-chi o'rinda.

76
00:03:12.382 --> 00:03:15.614
[musiqa sadosi]

77
00:03:15.614 --> 00:03:17.259
-Nega, nima bo'ldi?

78
00:03:17.259 --> 00:03:20.990
-AQSh ko'rsatkichining
pasayishiga sabab bo'lgan

79
00:03:20.990 --> 00:03:23.210
yagona muhim omil bu qonun tizimi
va mulk huquqi himoyasi

80
00:03:23.210 --> 00:03:24.965
sohasidagi sustlashuvlardir.

81
00:03:24.965 --> 00:03:26.938
Bularga narkotiklar va

82
00:03:26.938 --> 00:03:29.988
terrorizmga qarshi urushlar,
mulkning davlat tomonidan tortib olish

83
00:03:29.988 --> 00:03:33.130
hollarining ko'payishi,
obligatsiya egalarining mulk huquqiga

84
00:03:33.130 --> 00:03:34.257
salbiy ta'sir ko'rsatgan

85
00:03:34.257 --> 00:03:37.858
avtomobil ishlab chiqaruvchilarini
bankrotlikdan saqlab qolishlar kiradi.

86
00:03:37.858 --> 00:03:39.368
-Umuman olganda, iqtisodiy
erkinlik indeksi

87
00:03:39.368 --> 00:03:41.668
butun dunyoda iqtisodiy erkinlik
oshganini va faqat

88
00:03:41.668 --> 00:03:44.210
bir necha mamlakatlardagina
pasayganini ko'rsatyapti.

89
00:03:44.210 --> 00:03:46.143
-Ba'zi odamlar iqtisodiy
erkinlikka e'tiroz bildirishadi,

90
00:03:46.143 --> 00:03:49.235
chunki ularga ko'ra,
bu faqat boylar, katta biznes va

91
00:03:49.235 --> 00:03:53.315
hokimiyatga ega bo'lganlar
uchun erkinlik.

92
00:03:53.338 --> 00:03:54.926
Bunga nima deysiz?

93
00:03:54.926 --> 00:03:56.993
-Menimcha, agar AQShning

94
00:03:56.993 --> 00:04:00.781
moliyaviy inqirozdan keyingi
holatiga e'tibor bersangiz,

95
00:04:00.781 --> 00:04:04.050
bank sohasida kontsentratsiya
darajasi oshib, mahalliy bank

96
00:04:04.050 --> 00:04:08.468
yoki mahalliy jamg'arma va
kredit tashkiloti bo'lish qiyinlashdi.

97
00:04:08.468 --> 00:04:11.600
Banklarga tegishli maxsus
manfaatdor guruhlar

98
00:04:11.600 --> 00:04:15.013
va bank lobbistlari moliyaviy
inqirozdan bozorda

99
00:04:15.013 --> 00:04:17.870
o'z mavqeini mustahkamlash
uchun foydalandilar.

100
00:04:17.870 --> 00:04:20.097
Bu esa iqtisodiy erkinlik emas...

101
00:04:20.097 --> 00:04:22.205
U iqtisodiy
erkinlikning teskarisi.

102
00:04:22.205 --> 00:04:24.368
-Korporatsiyalar yollagan
va mamlakat poytaxtiga

103
00:04:24.368 --> 00:04:26.148
jo'natgan bu lobbistlar

104
00:04:26.148 --> 00:04:28.148
ko'proq iqtisodiy erkinlik
uchun kurashgani yo'q.

105
00:04:28.148 --> 00:04:31.042
Ular kamroq erkinlik uchun, maxsus
manfaatlar uchun kurashmoqda.

106
00:04:31.042 --> 00:04:34.170
-Iqtisodiy erkinlikni siqish...
bu sezilmas jarayon bo'lib,

107
00:04:34.170 --> 00:04:38.282
uni kam odamlar
sezishi mumkin,

108
00:04:38.282 --> 00:04:42.366
aynan shu sababli ham
uni himoya qlish juda qiyin.

109
00:04:42.366 --> 00:04:43.878
-«Dunyoda iqtisodiy erkinlik» hisobotining



110
00:04:43.878 --> 00:04:45.539
muhim jihati ham shunda.
U shu tendentsiyalarni namoyish qiladi,

111
00:04:45.539 --> 00:04:48.692
ularni qayerdan qidirishni ko'rsatadi,
bizni shular haqida gaplashishga

112
00:04:48.692 --> 00:04:51.209
majbur qiladi va shuning uchun ham
biz shu ish bilan shug'ullanamiz.

113
00:04:51.209 --> 00:04:52.611
-Shuning uchun ham siz shu ishni qilasiz.

114
00:04:52.611 --> 00:04:55.980
Shuning uchun ham bu to'g'risida
men yozaman va biz suhbatlashamiz.

115
00:04:55.980 --> 00:04:57.319
Do'stlar, fikrlaringiz va

116
00:04:57.319 --> 00:04:59.792
ishlaringiz bilan bo'lishganingiz
uchun katta rahmat.

117
00:04:59.792 --> 00:05:00.745
-Rahmat.

