WEBVTT FILE

1
00:00:00.000 --> 00:00:02.812
Nega boy mamlakatlar boy?

2
00:00:02.812 --> 00:00:05.336
Bugun biz nima sababdan
ko'pchilik bu savolga

3
00:00:05.336 --> 00:00:07.545
noto'g'ri javob berishi
to'g'risida suhbatlashamiz.

4
00:00:07.545 --> 00:00:14.942
[musiqa sadosi]

5
00:00:15.177 --> 00:00:18.099
Ko'pchilik neft, foydali minerallar
va qishloq xo'jaligi yerlari kabi

6
00:00:18.099 --> 00:00:22.192
tabiiy resurslari mavjud mamlakatlar
boy bo'ladi deb javob beradi.

7
00:00:22.192 --> 00:00:26.283
Agar bu to'g'ri bo'lganda edi,
Yaponiya juda kambag'al,

8
00:00:26.283 --> 00:00:29.118
Afrikadagi ko'p mamlakatlar
esa nihoyatda boy bo'lgan bo'lar edi.

9
00:00:29.118 --> 00:00:32.831
Agar resurslar bo'lmasa, unda
mamlakatni nima boy qiladi?

10
00:00:32.831 --> 00:00:34.116
Sizga ikkita hikoya aytib bermoqchiman.

11
00:00:34.116 --> 00:00:37.426
Bu Frantsiya janubidagi
ko'prik va akveduk.

12
00:00:37.426 --> 00:00:40.102
U 2000 yil avval Rimliklar
tomonidan barpo etilgan.

13
00:00:40.102 --> 00:00:43.292
Uni qurish uchun ular
eng oddiy texnikadan,

14
00:00:43.292 --> 00:00:46.580
ko'p tosh va qorishmadan,
oddiy richag va shkivdan hamda

15
00:00:46.580 --> 00:00:48.220
ko'p sonli ishchilardan foydalanganlar.

16
00:00:48.220 --> 00:00:51.114
2000 yildan keyin ham
u hali turibdi.

17
00:00:51.128 --> 00:00:53.527
Bu Takoma ko'prigi.

18
00:00:53.527 --> 00:00:56.195
U 1940 yilda Vashington shtatida
eng zamonaviy asbob

19
00:00:56.195 --> 00:00:59.616
va texnikalardan
foydalanib qurilgan.

20
00:00:59.616 --> 00:01:03.211
Bu ko'prik uchun yuqori navli po'lat,
temir-beton va kranlardan

21
00:01:03.211 --> 00:01:06.375
foydalanilganiga qaramay,
u bir yildan keyin qulab tushgan.

22
00:01:06.375 --> 00:01:08.974
Ko'rinib turibdiki, bu ikki ko'prikning

23
00:01:08.974 --> 00:01:11.631
muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi
resurslarga bog'liq emas.

24
00:01:11.631 --> 00:01:14.012
Unda nimaga bog'liq? Rag'batlarga.

25
00:01:14.012 --> 00:01:17.538
Rimliklar ko'priklardan foydalanishdan
oldin doimo ularni sinab ko'rganlar.

26
00:01:17.538 --> 00:01:20.697
Ular og'ir toshlar bilan
to'la katta ho'kiz aravani

27
00:01:20.697 --> 00:01:22.364
ko'prikdan o'tkazgan.

28
00:01:22.364 --> 00:01:24.895
Agar ko'prik og'ir yuk
ostida qulab tushmasa,

29
00:01:24.895 --> 00:01:26.212
unda ko'prik foydalanish uchun
xavfsiz hisoblangan.

30
00:01:26.212 --> 00:01:27.995
Eng qizig'i,

31
00:01:27.995 --> 00:01:30.980
Rimliklar ko'prik loyihasini
tuzgan odamni o'sha birinchi

32
00:01:30.980 --> 00:01:33.306
aravaga o'tirg'izishgan.

33
00:01:33.306 --> 00:01:35.812
Shuning uchun unda ko'prikni

34
00:01:35.812 --> 00:01:38.124
iloji boricha mustahkam qurish
uchun shaxsiy rag'bat bo'lgan.

35
00:01:38.124 --> 00:01:40.252
Shu sababli ham ba'zi Rim ko'priklari

36
00:01:40.252 --> 00:01:42.442
2000 yildan keyin ham turibdi,

37
00:01:42.442 --> 00:01:45.032
ayni damda ba'zi zamonaviy
ko'priklar qulab tushyapti.

38
00:01:45.032 --> 00:01:48.228
Ikkinchi hikoyamiz Shimoliy
va Janubiy Koreyaga bolinib ketgan

39
00:01:48.228 --> 00:01:50.927
Koreya yarimoroli tegishli.

40
00:01:50.927 --> 00:01:53.131
Mana tunda sun'iy
yo'ldoshdan olingan surat.

41
00:01:53.131 --> 00:01:56.215
Suratda Janubiy Koreya qo'shni Xitoy
kabi yoritilgan, chunki

42
00:01:56.229 --> 00:01:58.811
uning iqtisodiyoti ravnaq topib,
yaxshi rivojlangan.

43
00:01:58.811 --> 00:02:02.855
Suratda aholi soni deyarli bir xil,
lekin iqtisodiyoti juda og'ir ahvolda bo'lib,

44
00:02:02.855 --> 00:02:05.609
rivojlanmay qolgan Shimoliy Koreyani
ham ko'rishingiz mumkin.

45
00:02:05.609 --> 00:02:07.609
Bu farqning sabablari nimada?

46
00:02:07.609 --> 00:02:09.993
Axir, bu ikkala
mamlakatning geografiyasi,

47
00:02:09.993 --> 00:02:13.539
iqlimi va mavjud resurslari o'xshash.
Demak, sabab bularda emas.

48
00:02:13.539 --> 00:02:17.826
1945 yilgacha Shimoliy va Janubiy Koreya
bitta mamlakat bo'lgan.

49
00:02:17.826 --> 00:02:20.214
Ularning tarixi, tili,
dini va madaniyati bir xil.

50
00:02:20.214 --> 00:02:23.317
Demak, sabab bularda ham emas.

51
00:02:23.353 --> 00:02:27.360
Farq shundaki, Janubiy Koreyada
bozor iqtisodiyoti amal qiladi,

52
00:02:27.360 --> 00:02:30.311
1970 yillardan beri u
demokratik mamlakat hamdir.

53
00:02:30.311 --> 00:02:32.229
Shimoliy Koreya esa aksincha,

54
00:02:32.229 --> 00:02:35.597
dunyodagi oxirgi kommunistik
diktaturalardan biridir.

55
00:02:35.597 --> 00:02:38.283
Yana bir bor, farq ragb'atlarga bog'liq.

56
00:02:38.283 --> 00:02:42.517
Bozor iqtisodiyoti yangilik kiritish va
investitsiya uchun rag'batlarni yaratsa,

57
00:02:42.517 --> 00:02:45.037
kommunistik diktaturada
ular mavjud emas.

58
00:02:45.037 --> 00:02:48.754
Aynan rag'batlar nima uchun tabiiy
resurslari kam Yaponiya boy mamlakat-u,

59
00:02:48.754 --> 00:02:52.878
resurslarga boy Afrikadagi ko'p mamlakatlar
juda qashshoq  ekanligini izohlaydi.

60
00:02:52.878 --> 00:02:55.584
Yaponiya demokratik mamlakat,
unda qonun ustuvorligi ta'minlangan,

61
00:02:55.584 --> 00:02:56.989
mulk huquqi himoya ostida

62
00:02:56.989 --> 00:03:00.919
va bu institutlarning barchasi
iqtisodiy o'sish uchun rag'batlar yaratadi.

63
00:03:00.919 --> 00:03:03.643
Holbuki, turli tarixiy
sabablarga ko'ra,

64
00:03:03.643 --> 00:03:06.959
rivojlanayotgan mamlakatlarning
ko'pida bu kabi institutlar

65
00:03:06.959 --> 00:03:09.756
mavjud emas, demak, ularning
fuqarolarida investitsiya qilish va

66
00:03:09.756 --> 00:03:11.244
yangilik kiritish uchun rag'bat kam.

67
00:03:11.244 --> 00:03:13.666
Rag'batlarning ta'siri shunchalik kuchliki,

68
00:03:13.666 --> 00:03:16.394
buni hatto fazodan ko'rish mumkin.

69
00:03:16.394 --> 00:03:18.801
O'zini Econ Guy deb ataydigan bu yigit kim o'zi?

70
00:03:18.801 --> 00:03:21.776
Mening ismim Patrik Uolsh.
Men Vermont shtati Burlington shahri yaqinidagi

71
00:03:21.776 --> 00:03:24.320
Saint Michael Kollejida
iqtisodiyot bo'yicha professorman.

